O‘zbekiston Prezidenti «Air Products» bilan strategik sheriklikni rivojlantirish rejalarini muhokama qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 avgust kuni «Air Products» kompaniyasi prezidenti va bosh ijrochi direktori Seyfi Gasemini qabul qildi.

O‘zbekistonda yuqori texnologik sanoat korxonalarini tashkil etishga faol sarmoya kiritayotgan yetakchi xalqaro kompaniyalardan biri bilan o‘zaro manfaatli strategik hamkorlikni yanada kengaytirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.

Bugungi kunda mamlakatimizda «Air Products» bilan qo‘shma loyihalar portfeli 2,5 milliard dollardan oshdi.

Uglevodorodlarni chuqur qayta ishlash va kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasida innovatsion loyihalarni amalga oshirish, qishloq xo‘jaligida ilg‘or texnologik yechimlarni joriy etish, shuningdek, energetika va kimyo tarmoqlari uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Published On: Avgust 20, 2024Views: 62