O`zbekistonga qaytish uchun guvohnoma (sertifikat)


O`zbekistonga qaytish guvohnomasi (Sertifikat) chet elda vaqtincha yashayotgan va O`zbekistonda doimiy ro`yxat (propiska)da turgan yok sud qarori bilan ro`yxatdan chiqarilgan O`zbekiston fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarga beriladi.

Faqat AQSh (Alabama, Arkanzas, Kolorado, Delaver, Kolumbiya okrugi, Florida, Jorjiya, Kentukki, Luiziana, Merilend, Missisipi, Shimoliy Karolina, Janubiy Karolina, Oklaxoma, Tennessi, Texas, Virjiniya, G’arbiy Virjiniya) hamda Braziliya, Kanada va Kubada yashovchi shaxslar O`zbekistonning Vashingtondagi Elchixonasiga murojaat qiladi (MUHIM: arizachi (bolaning ota yoki onasi) AQShning ushbu shtatlaridan birida yoshyotganligini tasdiqlovchi hujjat, xususan hadovchilik guvohnomasi, uy ijara shartnomasi yoki boshqa hujjatining nusxasini yuborish talab qilinadi).

AQShning boshqa shtatlarida istiqomat qilayotgan va Amerika qit’asining boshqa davlatlarida yashayotgan fuqarolar O‘zbekistonning Nyu-Yorkdagi Bosh konsulxonasiga murojaat qilishlari shart, aloqa uchun: www.uzbekconsulny.org, telefon raqami: (212)754-7403, 754-6178, mas’ul xodim:(347)217-4406 (моб tel/telegram), email: info@uzbekconsulny.orgvisauzbekistan@gmail.com.

Sertifikatni olish uchun arizachi Konsullik muassasasiga quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi (pochta orqali yuborish mumkin):

1) Qog`ozda chop etilgan, arizachinig imzosi qo`yilgan, bar-kodli elektron anketaning 3 nusxasi (anketa ushbu vebsaytdan to‘ldiriladi http://consulate.mfa.uz/anketa-new/index anketaga JPG formatdagi va hajmi 90 KBdan oshmagan rasmi yuklanadiTALABLAR 1 va TALABLAR 2.; (agar sertifikat bolaga suralsa, anketaga bolaning rasmi yuklanadi va O`zbekiston pasporti/to‘gilganlik guvohnomasi yoki AQSh to‘gilganlik guvohnomasidagi malumotlar kiritiladi, O`zbekistonda propiskasi bulmasa, onasi yoki otasining propiskasi kursatiladi, boshqa bandlarni to‘ldirishlarda xatolikka yul qo‘yilgan bo‘lsa, konsul tomonidan xatoni to‘girlash imkoni majud, anketada xorijiy davlatdagi manzil, konsulda savollar bo‘lgan holda aloqa uchun mobil telefon raqam va emil ko‘rsatilish shart).

2)  50×50 mm = 2×2 inch yoki boshqa o’lchamdagi ihtiyoriy 2 dona rangli fotosurat.

3) Muddati o`tgan, yaroqsiz holga kelgan pasportning ASLI va 1 DONA KSERONUSXASI  (titul, doiymiy ro’yxat-propiska va xorijga chiqish stiker-OVIR viza varag’lari).

4) O’zbekistonda to’g’ilgan va avval pasport olmagan fuqarolar uchun – tug`ilganlik haqida guvohnomaning 1 dona nusxasi, ota va onasining pasportlaridan 1 dona nusxa (titul, doiymiy ro’yxat-propiska va xorijga chiqish stiker-OVIR viza varag’lari).

4′) 18 yoshga to‘lmagan bolaning tug`ilganlik haqida guvohnomasining 1 dona nusxasi, pasportining asli (agar pasport yuqolmagan bulsa) va 1 dona kseronusxasi, ota va onasining pasportlaridan 1 dona nusxa (titul, doiymiy ro’yxat-propiska va xorijga chiqish stiker-OVIR viza varag’lari).

5) Agar farzand AQShda tug‘ilgan bo‘lsa, avval AQSh vakolatli idorasidan to‘g‘ilganlik haqida guvohnomasini olish lozim, so‘ng uni Siz yashab turgan shtat Davlat Kotibi (Office of the Secretary of State)da  Apostil qildirish (National Association of Secretaries of State website  hamda  tug‘ilganlk haqida guvohnoma (ASLI VA 1 DONA KSERONUSXASI) va Apost (ASLI VA 1 DONA KSERONUSXASI) taqdim qilinishi lozim (bolaning O’zbekistondan qaytib kelishi uchun unga «Green karta» yoki xorijid davlat fuqarolik pasportini olishni unutmang);

6) Agar farzand Kanadada tug‘ilgan bo‘lsa, Kanada vakolatli idoralari tomonidan unga berilgan tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi Kanada Tashqi ishlar vazirligi (Global Affairs Canada in Ottawa)da legalizatsiya qilinishi hamda tug‘ilganlilk haqidagi guvohnomaning asli va 1 dona nusxasi, shuningdek 35 AQSh dollari miqdoridagi Money Order (Legalizatsiya uchun alohida Money order va Sertifikat uchun alohida Money odred);

7) Arizachining (bolaning ham) «Green kartasi» yoki xorijid davlat fuqarolik pasportidan 1 dona nusxa, MUHIM: «Green karta» yoki xorijid davlat fuqarolik pasportini nusxasi yuborilmasa Sertifikat berilmaydi va hujjatlar ijrosiz orqaga qaytarib yuboriladi;;

8) Agar guvohnoma farzandga suralsa,ota-onasining va bolaning «Green kartasi» yoki xorijiy davlat fuqarolik pasportidan 1 dona nusxa, MUHIM: «Green karta» yoki xorijiy davlat fuqarolik pasport nusxalari yuborilmasa, Sertifikat berilmaydi va hujjatlar ijrosiz orqaga qaytarib yuboriladi;

9) Konsullik to‘lovi chiptasi (16 yoshga to‘lgan fuqarolar uchun 60 AQSh dollari16 yoshga to‘lmagan bolalar uchun 10 AQSh dollari. («The Embassy of Uzbekistan to the USA» nomiga yozilgan «Money order» yuborish lozim). DIQQAT: AQSHda tug’ilgan bolaga sertifikat uchun faqat 10 AQSh dollari (Kanadada tug’ilgan bola uchun 10 AQSh dollari sertifikat uchun va  35 AQSh dollari Legalizatsiya uchun,  sertifikat uchun alohida Money order va Sertifikat uchun alohida Money order, Money orderning muddati 6 oydan oshmasligi lozim);

10) Sertifikat 3 oy muddatga beriladi. Sertifikatning amal qilish muddati Elchixona tomonidan berilgan kundan boshlanadi (hujjatlarni 3 oydan oldin yuborish taqiqlanadai, 18 yoshgacha kirgan va avval Uzbekiston pasportini olmaganlar bundan mustasno). Sertifikatning muddati uzaytirilmaydi.

11) Arizachi (bolaning ham) O’zbekiston pasportining muddati o`tgan (yaroqsiz holga kelgan) holda, ushbu pasport Elchixonaga yuborilishi shart (pasport Elchixona tomonidan Tashqi va ichki ishlar vazirliklari orqali fuqaroning doimiy (yoki avvalgi) propiska manzili bo‘yicha ichki ishlar idoralariga yuboriladi, ushbu jarayon 1,5-2 oy vqatni olishi mumkin, shu bois O’zbekistonga ketishga 3 oy qolganda sertifikat olish uchun murojaat qilish zarur).

12) Pasportning olib qo`yilganligi yoki o`g`irlatilganligini tasdiqlovchi politsiya ma’lumotnomasining nusxasi (agar shunday holat ro‘ bergan bo‘lsa);

13)  Pasport yo`qolganda holda, pasport yo`qolganlik haqida AQSh/Kanada vakolatli idoralarning ma’lumotnomasi (imkoniyat darajasida);

14) Sertifikat har bir kishiga alohida rasmiylashtiriladi. Sertifikatga bolalar yozilmaydi. 16 yoshgacha bo’lgan bolalarning Serifikatida hamrohlik qiluvchi shaxsning pasport ma’lumotlari kiritiladi. Shu bois bolaga hamrohlik qiluvchi shaxsning arizasi taqdim qilinishi lozim, aks holda hamrihlik qiluvchi sifatida serifikatga bolaning onasining pasport malumotlari kiritiladi .

15) Pasport yuqotilganligi sababli Sertifikatni olish maqsadida Konsullik muassasasiga murojaat qilib, so`rovnoma – arizasi topshirilgandan so`ng arizachining pasportii haqiqiy emas, deb e’lon qilinadi va topilgan pasport Konsullik muassasasiga topshirilishi shart.

16) Arizachi O`bekistonga borganidan so`ng 10 kundan kech bo`lmagan muddat ichida Sertifikatni doimiy yashash joyidagi ichki ishlar idoralariga topshirishi lozim.

17) Sertifikat olish uchun arizachi Elchixoga murojaat qilishi yoki hujjatlarni pochta xizmatlari orqali yuborishi mumkin.

Hujjatni arizachiga qaytarish uchun qabul qiluvchi (Recipient)ning familyasi, ismi, manzili, telefon raqami ko’rsatilgan va oldindan puli to’langan bar kodli Shipping Label (faqat USPS, FedEx «E – Express», UPS, DHL Shipping Label yuboring namunasi shu erdaFedEx Air waybill label qabul qilinmaydi).

Elchixona manzili: Consular Section of the Embassy of Uzbekistan to the USA, 1746 Massachusetts Avenue, N.W. Washington DC, Zip-20036

18) Sertifikat quyidagi shaxslarga berilmaydi:

·  xorijiy fuqarolarga, O`zbekiston fuqaroligidan chiqqan yoki fuqarolikni yuqotgan shaxsarga;

·  O`zbekiston hududida doimiy ro`yxati yo`q fuqaroligi bo`lmagan shaxslarga;

–  uzrli sababsiz O`zbekiston hududida 3 yildan ortiq bo`lmaganligi sababli O`zbekiston hududidagi doimiy ro`yxati bekor qilingan fuqaroligi bo`lmagan shaxslarga;

19) Quyidagi holatlarda ham arizachiga Sertifikat berish rad etilishi mumkin:

·  o`zi haqida yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjatining yo`qolganligi to`g`risida yolg`on ma’lumotlar bersa;

·  taqdim qilinishi lozim bo`lgan hujjatlar va ma’lumotlar belgilangan talablarga mos kelmasa (hujjatlar yetarli emas, so`rovnoma – arizasidagi ma’lumotlar aniq va to`liq emas);

·  taqdim qilingan hujjatlardagi ma’lumotlar haqiqiy bo`lmasa.