Elchining murojaati
Aziz do’stlar,
Sizni O‘zbekiston Respublikasining Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi elchixonasi veb-saytida kutib olishdan xursandman. Bizning maqsadimiz sizga elchixonamiz xizmatlari, Oʻzbekistondagi muhim voqealar va Oʻzbekiston-Amerika munosabatlaridagi tendentsiyalar haqida muhim maʼlumotlarni taqdim etishdir.
O‘tgan yillar davomida O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida uzoq muddatli hamkorlikning keng qamrovli sheriklik munosabatlari rivojlandi. Biz AQSh bilan savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va texnologik aloqalarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratgan holda ushbu hamkorlikni mustahkamlashda davom etmoqdamiz.
Bundan tashqari, biz madaniy, ta’lim va akademik almashinuvlar orqali odamlar o’rtasidagi aloqalarni mustahkamlash muhimligini tan olamiz. Bu tashabbuslar ikki buyuk xalqimiz o‘rtasidagi o‘zaro anglashuv va hamkorlikka xizmat qilmoqda.
Elchixonamiz, O‘zbekiston haqida qo‘shimcha ma’lumot izlayotgan hamda vakolatxonamiz bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchi yoki yurtimizdan hamkorlar topmoqchi bo‘lgan har bir kishiga yordam berishga tayyor. Biz davlatlararo va hukumatlararo, hamda individual darajada muloqot, hamkorlik va sheriklik imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlash va ularga ko‘maklashishni istaymiz.
Umid qilamanki, veb-saytimizni o’rganish orqali siz nafaqat elchixonamiz taqdim etayotgan xizmatlar haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo’lasiz, balki O’zbekistonning boy tarixi, madaniyati va an’analari haqida bilimingizni oshirasiz.
Sahifamizga xush kelibsiz!
Furqat Sidiqov
O’zbekiston Respublikasining
Amerika Qo’shma Shtatlaridagi
Favqulodda va Muxtor Elchisi