Doimiy konsullik ro’yxatiga turish


Faqat AQSh (18 ta shtat – Alabama, Arkanzas, Kolorado, Delaver, Kolumbiya okrugi, Florida, Jorjiya, Kentukki, Luiziana, Merilend, Missisipi, Shimoliy Karolina, Janubiy Karolina, Oklaxoma, Tennessi, Texas, Virjiniya, G’arbiy Virjiniya) hamda Braziliya, Kanada va Kubada qonuniy ravishda yashovchi O‘zbekiston fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Elchixonada doimiy konsullik ro‘yxatiga olinadi. AQShning boshqa shtatlarida istiqomat qilayotgan va Amerika qit’asining boshqa davlatlarida yashayotgan fuqarolar O‘zbekistonning Nyu-Yorkdagi Bosh konsulxonasiga murojaat qilishlari lozim (www.uzbekconsulny.org, tel: (212)754-7403, 754-6178, (917)539-4664, (347)217-4406, email:   info@uzbekconsulny.orgvisauzbekistan@gmail.com).

Xorijda doimiy yashash uchun O‘zbekistondan belgilangan tartibda ro‘yxatdan chiqarilgan va xorijga doimiy yashash uchun borishda ruxsat berish yozuvi stikeri (pasportida «Doimiy yashashga ketishga ruxsat berildi», «Departure for permanent residence abroad is authorized» shtampi qiyilgan) yoki manzildan jo‘nab ketish varaqasi asosida O‘zbekistondan chiqqan hamda Elchixona konsullik okrugi hududida doimiy yashayotgan O‘zbekiston fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Elchixonada doimiy konsullik ro‘yxatiga turishlari lozim.

Doimiy konsullik ro‘yxatiga olish quyidagi 3 usulda amalga oshirilishi mumkin:

I. Elchixona Konsullik bo‘limiga shaxsan murojaat qilish yuli bilan;

II. Elchixona Konsullik bo‘limiga hujjatlarni pochta xizmati orqali yuborish yuli bilan;

III.  Interaktiv xizmatlar veb-portali orqali masofadan turib (shaxsan murojaat qilmasdan yoki hujjatlarni pochta xizmati orqali yubormasdan) doimiy konsullik ro‘yxatiga turish.

I. Birinchi usul (shaxsan murojaat qilish) bilan doimiy konsullik ro‘yxatiga turish uchun Elchixona Konsullik bo‘limiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

– www.consulate.mfa.uz veb-saytida to‘ldirilgan bir nusxadagi shtrix-kod (barcode)li elektron ro‘yxatga olish varaqasi (sahifaning nomi – DOIMIY KONSULLIK HISOBI http://consulate.mfa.uz/kus/create. Quyidagi talablar asosida elektron fotosurat ro‘yxatga olish varaqasiga biriktirilgan bo‘lishi lozim – talablar (SHU ERDA) va (SHU ERDA). 16 yoshga to‘lmagan bolalar uchun ham alohida to‘ldiriladi;

– passport yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning harakatlanish hujjatning asli hamda nusxasi – (1) passport egasining biografik ma’lumotlari va surati tushirilgan titul varaq‘i, (2) doimiy ro‘yxat – propiskadan o‘chirilganlik shtampi qo‘yilgan varaq‘i, (3) passport yoki harakatlanish hujjatining «Doimiy yashashga ketishga ruxsat berildi» yozuvli stikeri quyilgan varaq‘i;

– 16 yoshga to‘lmagan bolalarning tug‘ilganlik haqida guvohnomsi asli va nusxasi;

– 16 yoshga to‘lmagan bolalarning passport yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning harakatlanish hujjatining asli hamda nusxasi – (1) passport egasining biografik ma’lumotlari va surati joylashtirilgan titul varaq‘i, (2) doimiy ro‘yxat – propiskadan o‘chirilganlik muhri qo‘yilgan varaq‘i, (3) biometrik, nobiometrik namunadagi passport, harakatlanish hujjatining «Doimiy yashashga ketishga ruxsat berildi» yozuvli stikerning varaq‘i;

– ota-onasidan birining nobiometrik pasportidagi bola haqidagi ma’lumotlar kiritilgan sahifasi nusxasi (bola haqidagi ma’lumotlar ota-onasidan birining nobiometrik pasportiga kiritilgan holda xorijga chiqqan bo‘lsa);

– xorijga chiqish (zagran) pasporti bo‘lsa – O‘zbekiston ichki ishlar bo‘linmalari tomonidan berilgan manzildan chiqib ketish varaqasi (listok ubitiya)ning asli va nusxasi;

– xorijiy davlatda qonuniy ravishda doimiy yashashga ruxsat beruvchi hujjat asli hamda nusxasi («permanent resident card», «green card» va shu kabilar);

– konsullik to‘lovi chiptasi (doimiy konsullik ro‘yxatiga turish uchun
40 AQSh dollari miqdorida konsullik yig’imi to‘lanadi, 16 yoshga to‘lmagan bolalar uchun – faqat 20 AQSh dollari, «The Embassy of Uzbekistan to the USA» nomiga yozilgan «Money Order» yoki AQSh banklari tomonidan qabul qilinadigan bank chekini Elchixonaga taqdim qiling.

Mazkur hujjatlar konsul tomonidan ko‘rib chiqiladi va ularda kamchiliklar mavjud bo‘lmasa, konsul arizachining pasportiga vaqtinchalik konsullik ro‘yxatiga olinganlik haqida shtampni quyadi hamda hujjatlarning aslini egasiga qaytaradi.

Konsullik bo‘limiga kelishdan avval fuqaro va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs elektron navbatga turishi hamda qabul kuni va vaqtini oldindan belgilashi talab qilinadi.

Konsullik bo‘limida qabul kuni va vaqtini belgilash uchin quyidagi veb-sahifaga kiring http://e-navbat.mfa.uz/texnolog/usluga?id=37

II. Ikkinchi usul (hujjatlarni pochta xizmati orqali yuborish) bilan doimiy konsullik ro‘yxatiga turish uchun Elchixona Konsullik bo‘limiga quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:

– www.consulate.mfa.uz veb-saytida to‘ldirilgan bir nusxadagi shtrix-kod (barcode)li elektron ro‘yxatga olish varaqasi (sahifaning nomi – DOIMIY KONSULLIK HISOBI http://consulate.mfa.uz/kus/create. Quyidagi talablar asosida elektron fotosurat ro‘yxatga olish varaqasiga biriktirilgan bo‘lishi lozim – talablar (SHU ERDA) va (SHU ERDA). 16 yoshga to‘lmagan bolalar uchun ham alohida elektron ro‘yxatga olish varaqasi to‘ldiriladi;

– passport yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning harakatlanish hujjatning asli hamda nusxasi – (1) passport egasining biografik ma’lumotlari va surati tushirilgan titul varaq‘i, (2) doimiy ro‘yxat – propiskadan o‘chirilganlik shtampi qo‘yilgan varaq‘i, (3) passport yoki harakatlanish hujjatining «Doimiy yashashga ketishga ruxsat berildi» yozuvli stikeri quyilgan varaq‘i;

– 16 yoshga to‘lmagan bolalarning tug‘ilganlik haqida guvohnomsi asli va nusxasi;

– 16 yoshga to‘lmagan bolalarning passport yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning harakatlanish hujjatining asli hamda nusxasi – (1) passport egasining biografik ma’lumotlari va surati joylashtirilgan titul varaq‘i, (2) doimiy ro‘yxat – propiskadan o‘chirilganlik muhri qo‘yilgan varaq‘i, (3) biometrik, nobiometrik namunadagi passport, harakatlanish hujjatining «Doimiy yashashga ketishga ruxsat berildi» yozuvli stikerning varaq‘i;

– ota-onasidan birining nobiometrik pasportidagi bola haqidagi ma’lumotlar kiritilgan sahifasi nusxasi (bola haqidagi ma’lumotlar ota-onasidan birining nobiometrik pasportiga kiritilgan holda xorijga chiqqan bo‘lsa);

– xorijga chiqish (zagran) pasporti bo‘lsa – O‘zbekiston ichki ishlar bo‘linmalari tomonidan berilgan manzildan chiqib ketish varaqasi (listok ubitiya)ning asli va nusxasi;

– xorijiy davlatda qonuniy ravishda doimiy yashashga ruxsat beruvchi hujjat asli hamda nusxasi («permanent resident card», «green card» va shu kabilar);

– konsullik to‘lovi chiptasi (doimiy konsullik ro‘yxatiga turish uchun
40 AQSh dollari miqdorida konsullik yig’imi to‘lanadi, 16 yoshga to‘lmagan bolalar uchun – faqat 20 AQSh dollari.  «The Embassy of Uzbekistan to the USA» nomiga yozilgan «Money Order» yoki AQSh banklari tomonidan qabul qilinadigan bank cheki Elchixonaga yuboring.

– oldindan puli to’langan bar kodli etiket – Shipping Label yoki marka yopishtirilgan convert.

Hujjatlarni pochta xizmatlari orqali yuborish tartibi. Hujjatlar pochta orqali yuborilgan holda Konsullik bo’limi tomonidan rasmiylashtirilgan hujjatlarni arizachiga qaytarish uchun qabul qiluvchi (Recipient)ning familyasi, ismi, manzili, telefon raqami ko’rsatilgan va oldindan puli to’langan bar kodli etiket – Shipping Label yoki marka yopishtirilgan convertni yuborishingizni so’raymiz. Buning uchun USPS pochta xizmatidan foydalanishni tavsiya qilamiz.

Agarda USPS pochta xizmatidan foydalanishning imkoni bo’lmasa, FedEx pochta xizmatidan quyidagi shartlar asosida foydalanishingiz mumkin, FedEx pochta xizmatidan foydalangan holda – qabul qiluvchi (Recipient)ning familyasi, ismi, manzili, telefon raqami, amaldagi kredit karta yoki FedExdagi akkaunt raqami ko’rsatilgan va oldindan puli to’langan, bar kodli Shipping Label yopishtirilgan pochta konverti taqdim etilishi va unda Yuboruvchi (Sender) sifatida ham qabul qiluvchining manzili kursatilishi lozim.

DHL, UPS, Expresspost kabi boshqa pochta xizmatlari orqali Elchixonaga yuborilgan konvertlar egasiga qaytarilmaydi.

Elchixona pochta orqali yuborilgan hujjatlar, xususan pasportning yo‘qolganligi uchun javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi.

Elchixona manzili: Consular Section of the Embassy of Uzbekistan to the USA, 1746 Massachusetts Avenue, N.W. Washington DC, Zip-20036

Mazkur hujjatlar konsul tomonidan ko‘rib chiqiladi va ularda kamchiliklar mavjud bo‘lmasa, konsul arizachining pasportiga vaqtinchalik konsullik ro‘yxatiga olinganlik haqida shtampni quyadi va pasportni egasiga qaytaradi.

III. Uchinchi usul – interaktiv xizmatlar veb-portali orqali masofadan turib (shaxsan murojaat qilmasdan yoki hujjatlarni pochta xizmati orqali yubormasdan) doimiy konsullik ro‘yxatiga turish bo‘yicha hujjatlar ro‘xati va tartibi.

Hujjatlar ro‘yxati:

– www.consulate.mfa.uz veb-saytida to‘ldirilgan shtrix-kodli elektron ro‘yxatga olish varaqasi (sahifaning nomi – DOIMIY KONSULLIK HISOBI http://consulate.mfa.uz/kus/create. Quyidagi talablar asosida elektron fotosurat ro‘yxatga olish varaqasiga biriktirilgan bo‘lishi lozim – talablar (SHU ERDA) va (SHU ERDA). 16 yoshga to‘lmagan bolalar uchun ham alohida elektron ro‘yxatga olish varaqasi to‘ldiriladi.

– passport yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning harakatlanish hujjatning nusxasi – (1) passport egasining biografik ma’lumotlari va surati tushirilgan titul varaq‘i, (2) doimiy ro‘yxat – propiskadan o‘chirilganlik shtampi qo‘yilgan varaq‘i, (3) passport yoki harakatlanish hujjatining «Doimiy yashashga ketishga ruxsat berildi» yozuvli stikeri quyilgan varaq‘i;

– 16 yoshga to‘lmagan bolalarning tug‘ilganlik haqida guvohnomsi nusxasi;

– 16 yoshga to‘lmagan bolalarning passport yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning harakatlanish hujjatining nusxasi – (1) passport egasining biografik ma’lumotlari va surati joylashtirilgan titul varaq‘i, (2) doimiy ro‘yxat – propiskadan o‘chirilganlik muhri qo‘yilgan varaq‘i, (3) biometrik, nobiometrik namunadagi passport, harakatlanish hujjatining «Doimiy yashashga ketishga ruxsat berildi» yozuvli stikerning varaq‘i;

– ota-onasidan birining nobiometrik pasportidagi bola haqidagi ma’lumotlar kiritilgan sahifasi nusxasi (bola haqidagi ma’lumotlar ota-onasidan birining nobiometrik pasportiga kiritilgan holda xorijga chiqqan bo‘lsa);

– xorijga chiqish (zagran) pasporti bo‘lsa – O‘zbekiston ichki ishlar bo‘linmalari tomonidan berilgan manzildan chiqib ketish varaqasi (listok ubitiya)ning nusxasi;

– xorijiy davlatda qonuniy ravishda doimiy yashashga ruxsat beruvchi hujjat nusxasi («permanent resident card», «green card» va shu kabilar);

– konsullik to‘lovining elektron tasdiq‘i (doimiy konsullik ro‘yxatiga turish uchun 40 AQSh dollari miqdorida konsullik yig’imi to‘lanadi, 16 yoshga to‘lmagan bolalar uchun – faqat 20 AQSh dollari.

Interaktiv xizmatlar veb-portali orqali doimiy konsullik ro‘yxatiga turish va elektron to‘lovni amalga oshirish tartibi:

– fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar iinteraktiv konsullik xizmatlar veb-portali orqali murojaat qilganda yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlarning «PDF» formatida skaner qilingan nusxalarini www.consulate.mfa.uz  sayt tizimiga joylashtiradi.

– mazkur hujjatlar konsullik mansabdor shaxsi tomonidan ko‘rib chiqiladi va ularda kamchiliklar mavjud bo‘lmasa, konsul arizachining elektron pochta manziliga elektron to‘lovni amalga oshirish mumkinligi to‘g‘risidagi xabarnomani yuboradi;

– arizachi elektron to‘lovni amalga oshiradi (uni amalga oshirish uchun http://consulate.mfa.uz/site/card vebsahifaga o‘ting, ID raqam (http://consulate.mfa.uz/kus/create vebsahifa orqali to‘ldirilgan elektron ro‘yxatga olish varaqasining yuqoridagi chap tomonida ko‘rsatilgan shtrix kod (barcode)ni va tasdiq kodini kiriting, to‘lovni amalga oshiring;

– arizachi elektron to‘lovni amalga oshirgandan so‘ng ushbu to‘lovning tasdig‘ini Konsullik bo‘limining consul.washington@mfa.uz elektron manziliga yuboradi;

– elektron to‘lovnining  tasdig‘ini olingandan so‘ng konsul arizachining elektron pochta manziliga uning doimiy konsullik ro‘yxatiga olinganlik to‘g‘risidagi xabarnomani yuboradi (mazkur xabarnoma arizachinig konsullik ro‘yxatiga olinganligini tasdiqlovchi rasmiy hujjat hisoblanib, uning pasportiga vaqtincha konsullik ro‘yxatiga olinganligi haqida  shtamp quyilishini istisno qiladi);

– hujjatlarda kamchiliklar mavjud bo‘lsa, konsul ularni bartaraf qilishni surab, arizachining elektron pochta manziliga xabarnomani yuboradi.

IV. DOIMIY KONSULLIK RO‘YXATIDAN CHIQARISH TARTIBI

Quyidagi hollarda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar konsullik ro‘yxatidan chiqarilishi mumkin:

  • boshqa konsullik okrugiga doimiy yashashga chiqib ketganda;
  • xorijda vaqtincha bo‘lib turish muddati tugaganda;
  • O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqqanda (fuqarolikni yo‘qotganda);
  • vafot etganda.

Doimiy konsullik ro‘yxatidan chiqarish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

1. Agarda fuqaro yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs doimiy konsullik ro‘yxatiga interaktiv konsullik xizmatlar veb-portali orqali masofadan turgan bo‘lsa (pasportiga doimiy konsullik ro‘yxatiga olinganlik haqida shtamp quyilmagan holda), uni konsullik hisobidan chiqarish uchun:

– arizachi ushbu shakldagi (SHU ERDA) arizaini Konsullik bo‘limining mazkur consul.washington@mfa.uz elektron manziliga yuboradi:

– konsullik mansabdor shaxs arizachini konsullik ro‘yxatidan chiqarib, bu haqidagi tegishli xabarnomani uning elektron manziliga yuboradi (mazkur xabarnoma arizachinig konsullik ro‘yxatigan chiqarilganligini tasdiqlovchi rasmiy hujjat hisoblanadi).

2. Agarda fuqaro yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning pasportiga vaqtincha konsullik ro‘yxatiga olinganlik haqidag shtamp quyilgan bo‘lsa, uni konsullik hisobidan chiqarish uchun:

– arizachi Konsullik bo‘limiga shaxsan murojaat qilib, konsullik hisobidan chiqishi va uning uchun ushbu shakldagi (SHU ERDA) arizaini (mazkur arizani Konsullik bo‘limida to‘ldirishning ham imkoniyati mavjud) va pasportini taqim qiladi. Konsul arizachining pasportiga ro‘yxatdan chiqarilganlik to‘g‘risida shtamp, konsullik muassasasining gerbli muhri va o‘z imzosini qo‘yadi va pasportni egasiga qaytaradi.

– Konsullik bo‘limiga shaxsan murojaat qilishning imkoni bo‘lmagan holda,

hujjatlarni pochta xizmati orqali yuborish yuli bilan konsullik hisobidan chiqish va buning uchun ushbu shakldagi (SHU ERDA) ariza, passport va oldindan puli to’langan bar kodli etiket – Shipping Label yoki marka yopishtirilgan convertni Konsullik bo‘limiga yuboradi. Konsul arizachining pasportiga ro‘yxatdan chiqarilganlik to‘g‘risida shtamp, konsullik muassasasining gerbli muhri va o‘z imzosini qo‘yadi va pasportni egasiga qaytaradi.

Fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar doimiy yashash joyidan O‘zbekiston Respublikasiga qarashli boshqa konsullik muassasasining konsullik okrugi hududiga ko‘chib o‘tgan taqdirda oldingi yashash joyidagi konsullik ro‘yxatidan chiqishlari hamda yangi kelgan joylarida konsullik ro‘yxatiga olinishlari lozim.

Agarda fuqarola va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs oldingi doimiy yashash joyidagi konsullik ro‘yxatidan chiqmasdan turib boshqa konsullik okrugiga ko‘chib o‘tsa, konsul uni ushbu ariza (SHU ERDA) asosida uning pasportiga ro‘yxatdan chiqarish to‘g‘risidagi shtampni qo‘yish yo‘li bilan uni oldingi konsullik muassasasidagi konsullik ro‘yxatidan chiqaradi va shundan so‘ng uni konsullik ro‘yxatiga kiritadi.

Konsullik ro‘yxatidan chiqarish va unga kiritish tartibi bir davlat hududi chegarasida boshqa konsullik muassasasining konsullik okrugi hududiga ko‘chib o‘tayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga ham tadbiq etiladi. Bunday holatlarda arizachilardan konsullik yig‘imlari yig‘imlar undirilmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lib turgan hollarda ular konsullik ro‘yxatidan chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamentiga murojaat qiladilar.

Vaqtincha konsullik hisobiga turgandan so‘ng arizachining familyasi, ismi, ota ismi, yashash manzili, telefon va elektron pochta manzili o‘zgarsa, bu haqda Elchixona Konsullik bo‘limiga xabar berishlari lozim.