O‘zbekiston fuqaroligiga mansub emaslik haqida ma’lumotnoma olish


I. Faqat AQSh (Alabama, Arkanzas, Kolorado, Delaver, Kolumbiya okrugi, Florida, Jorjiya, Kentukki, Luiziana, Merilend, Missisipi, Shimoliy Karolina, Janubiy Karolina, Oklaxoma, Tennessi, Texas, Virjiniya, G’arbiy Virjiniya) hamda Braziliya, Kanada va Kubada faoliyat yuritayotgan Oʼzbekiston fuqarolari hamda xorijiy jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek fuqaroligi boʼlmagan shaxslar Vashingtondagi Elchixonaga murojaat qilishadi.

AQShning boshqa shtatlarida istiqomat qilayotgan va Amerika qit’asining boshqa davlatlarida yashayotgan fuqarolar O‘zbekistonning Nyu-Yorkdagi Bosh konsulxonasiga murojaat qilishlari lozim (www.uzbekconsulny.org, tel: (212)754-7403, 754-6178, (917)539-4664 (моб), (347)217-4406 (моб), email:info@uzbekconsulny.orgvisauzbekistan@gmail.com).

II. O‘zbekiston fuqaroligini qabul qilmaganlik yoki O‘zbekiston fuqaroligiga mansub emaslik haqida ma’lumotnoma olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:

1. 3 nusxada to‘ldirilgan so‘rovnoma anketa (so‘rovnomani shu yerda chop eting).

2. Tarjimai hol 3 nusxa (namuna shu yerda). O‘qigan va ishlagan yillardagi uzilishlarsiz – xronologik tartibda, O‘zbekistonda va xorijdagi yaqin shaxslarning biografik ma’lumotlari, oxirgi ish joyi va egallab turgan lavozimi aniq manzili, elektron pochta va telefon raqamlari ko’rsatilgan holda batafsil to‘ldirish lozim. Uzingiz bilan USB flesh-diskda tarjimai holingizning elektron (doc. yoki docx.) faylini olib kelishingizni so’raymiz.

3. O‘zbekiston pasportining asli va barcha varaqlarining kseronusxasi, shu jumladan bo‘sh varaqlari nusxalari, 3 nusxada (mavjud bo‘lsa).

4. “Green Card” yoki chet el pasportining asl nusxasi va uning titul varag‘i nusxasi, 3 nusxa (mavjud bo‘lsa).

5. Ariza beruvchining tug’ilganlik haqidagi guvohnomasining nusxasi, 3 nusxada.

6. Nikoh yoki ajralish to’g’risidagi guvohnomaning nusxasi (agar mavjud bo’lsa) 3 nusxada.

7. Agar arizada bola ko’rsatilgan bo’lsa, uning tug’ilganlik haqidagi guvohnomasining nusxasi (agar mavjud bo’lsa: pasport yoki ID-karta) 3 nusxada. (1) Agar farzand AQShda tug‘ilgan bo‘lsa, avval AQSh vakolatli idorasidan to‘g‘ilganlik haqida guvohnomasini olish lozim, so‘ng uni Siz yashab turgan shtat Davlat Kotibi (Office of the Secretary of State)da Apostil qildirish (National Association of Secretaries of State website hamda tug‘ilganlk haqida guvohnoma (ASLI VA 1 DONA KSERONUSXASI) va Apost (ASLI VA 1 DONA KSERONUSXASI) taqdim qilinishi lozim (bolaning O’zbekistondan qaytib kelishi uchun unga «Green karta» yoki xorijid davlat fuqarolik pasportini olishni unutmang); (2) Agar farzand Kanadada tug‘ilgan bo‘lsa, Kanada vakolatli idoralari tomonidan unga berilgan tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi Kanada Tashqi ishlar vazirligi (Global Affairs Canada in Ottawa)da legalizatsiya qilinishi hamda tug‘ilganlilk haqidagi guvohnomaning asli va 1 dona nusxasi, shuningdek 35 AQSh dollari miqdoridagi Money Order https://uzbekistan.org/page/view?id=38&language=uz

8. 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolaning ota-onasi bilan birgalikda O‘zbekiston fuqaroligini qabul qilmaganlik yoki O‘zbekiston fuqaroligiga mansub emaslik haqida ma’lumotnoma olishga notarial tasdiqlangan rozilik arizasi (namuna shu yerda).

9. Ariza beruvchining 3,5×4,5 sm (yoki 5×5 sm = 2×2 dyuym) o’lchamdagi 3 ta rangli fotosurati.

10. Konsullik yig’imlari: 130 AQSH dollari  (Money Order yoki chek, Pay to the Embassy of Uzbekistan).

11. Ma’lumotnomani arizachiga yuborish uchun qabul qiluvchi (Recipient)ning familyasi, ismi, manzili, telefon raqami ko’rsatilgan va oldindan puli to’langan bar kodli Shipping Label (faqat PRIORITY USPS, FedEx «E – Express», UPS, DHL, diqqat – FedEx Air Waybill yoki boshqa pochta xizmatlari qabul qilinmaydi).