Viza talablari


AMERIKA QO’SHMA SHTATLARI FUQAROLARINING O’ZBEKISTONGA KIRISH, BO’LISH VA O’ZBEKISTONDAN CHIQISHLARI HAQIDA MA’LUMOTLAR VA VIZALAR OLISH TARTIBLARI

Faqat AQSh (Alabama, Arkanzas, Kolorado, Delaver, Kolumbiya okrugi, Florida, Jorjiya, Kentukki, Luiziana, Merilend, Missisipi, Shimoliy Karolina, Janubiy Karolina, Oklaxoma, Tennessi, Texas, Virjiniya, G’arbiy Virjiniya) hamda Braziliya, Kanada va Kubada  yashovchi  fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Vashingtondagi Elchixonaga murojaat qilishadi.

AQShning boshqa shtatlarida istiqomat qilayotgan va Amerika qit’asining boshqa davlatlarida yashayotgan fuqarolar O‘zbekistonning Nyu-Yorkdagi Bosh konsulxonasiga murojaat qilishlari lozim (www.uzbekconsulny.org, tel: (212)754-7403, 754-6178, (917)539-4664 (моб), (347)217-4406 (моб), email:   info@uzbekconsulny.orgvisauzbekistan@gmail.com).

ELEKTRON VIZA OLISH TARTIBI. 77 DAVLAT, XUSUSAN AQSH FUQAROLARI O’ZBEKISTONGA ELEKTRON VIZA BILAN KIRISH HUQUQIGA EGA.

E-VISA (E-VISA) OLISh TARTIBI:

– O’zbekiston Respublikasida kirish uchun elektron vizasi xorijiy fuqarolarga www.e-visa.gov.uz tizimi orqali beriladi;

– e-viza chet el fuqarosiga O’zbekiston Respublikasida 30 kungacha bir martalik kirib-chiqish huquqini beradi (2019 yil 15 martdan boshlab ikki va ko’p martalik e-vizalari beriladi);

– berilgan elektron vizalar rasmiylashtirilgan kundan boshlab 90 kun davomida amal qiladi. Xorijiy fuqaroning O’zbekiston Respublikasi hududiga kirishi vaqtida vizaning amal qilish muddati 30 kundan kam bo’lsa, xorijiy fuqaroning O’zbekiston Respublikasi hududida bo’lish muddati elektron vizaning amal qilish muddatidan oshmasligi kerak;

– e-vizani olish uchun siz O’zbekistonga borishni rejalashtirilgan sanadan kamida uch ish kuni oldin arizani topshirishingiz kerak. Elektron viza arizani topshirgan kundan tashqari ikki ish kuni ichida beriladi;

– rasmiylashtirilgan elektron viza arizachining elektron pochta manziliga yuboriladi;

– bir martalik elektron vizani rasmiylashtirish uchun 20 AQSh dollari miqdoridagi konsullik yig’imi o’ndiriladi. E-viza to’lovi xalqaro to’lov tizimlari orqali onlayn rejimida amalga oshirilishi mumkin. Elektron vizani berish rad etilgan taqdirda viza to’lovi qaytarilmaydi;

-elektratsion viza pasportga yopishtirilmaydi. Chet el fuqarosi pasportni nazoratidan o’tish punktida printerdan chiqarilgan vizani taqdim etishi shart.

Shuni ta’kidlash joizki, elektron vizasi faqat xorijiy davlatlar fuqarolariga beriladi va ushbu mamlakatlar hududida doimiy yashovchi fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga berilmaydi.

Bundan tashqari, 2019 yil 15 martdan boshlab, amal qilish muddati 30 kungacha bo’lgan 2 va ko’p martalik elektron vizalarni berish joriy etiladi:

– ikki marta e-visa, konsullik yig’imi – 35 AQSh dollari;

– ko’p martalik, konsullik yig’imi – 50 AQSh dollari.

STIKER TO’RIST VIZASINI (elektron bo’lmagan viza) OLISH TARTIBI.

AQSh fuqarolari O’zbekistonning Vashingtondagi Elchixonasida stiker turist vizalarini ham olishlari mumkin (elektron bo’lmagan va chet el fuqarosining pasportiga yopishtirilgan viza).

Ushbu turistik vizani olish uchun AQSh fuqarosi quyidagi hujjatlarni Elchixonaga taqdim etadi:

-to’ldirilgan va imzolangan viza so’rovnomasi. visa.mfa.uz saytida to’ldiriladi);

– pasportga mo’ljallangan 2 dona  fotosurat;

– pasport nusxasi (shaxsiy ma’lumot va fotosurat bo’lgan pasportning sahifasi);

– pasportning asl nusxasi (pasport yaxshi holatda – buzilmagan yoki zarar ko’rmagan, viza uchun kamida bitta bo’sh sahifa bo’lishi kerak, uning muddati O’zbekiston hududiga kirgan sanadan kamida uch oydan kam bo’lmasligi lozim;

– 185 AQSh dollari miqdoridagi MONEY ORDER pul to’lovi tarzidagi konsullik yig’imi;

– egasi tomonidan oldindan to’langan va unga qaytariladigan konvert (Diqqat – hujjatni yuborish tartib-qoidasiga qarang).

– viza 3 ish kuni ichida beriladi.

TRANZIT YO’LOVCHILAR UCHUN VIZASIZ TARTIB.

100 davlat fuqarolari, xususan Amerika Qo’shma Shtatlari fuqarolari O’zbekistonning xalqaro aeroportlari orqali 5 kunlik vizasiz tranzit kirib-chiqish ququqiga ega. Buning uchun yo’lovchilar uchinchi davlatga aviachiptalarni taqdim qilishlari lozim va yo’lovchini tashuvchi aviakompaniya vizasiz tranzit yo’lovchilar haqidagi ma’lumotni  O’zbekistonning chegara xizmatlarini berishlari shart.

DIQQAT: Amaliyot shuni ko’rsatadiki, «O’zbekiston havo yo’llari» bundan mustasno, deyarli barcha boshqa aviakompaniyalar vizasiz tranzit yo’lovchilar haqidagi ma’lumotni  O’zbekistonning chegara xizmatlarini taqdim qilmaydi. Bunday hollarda, yo’lovchilar deportatsiya qilinadi yoki boshqa yo’nalish bo’ylab chiptalarni sotib olishga majbur. Bunday noxush holatlarning oldini olish uchun AQSh fuqarolar O’zbekiston Respublikasi chegara xizmatilarini xabardor qilish imkoniyatiga ega bo’lgan xorijiy aviakompaniayni tanlashi lozim. Aviakompaniay tomonidan bunday xizmat ko’rsatilmasa, AQSH FUQAROLARIGA ELEKTRON VIZANI OLISH TAVSIYA ETILADI.

16 YOSHGACHA BO’LGAN AQSH FUQAROLAR UCHUN VIZASIZ SAYOHAT.

16 yoshgacha bo’lgan AQSh fuqarolari ularning qonuniy vasiylari hamrohligida O’zbekistonga vizasiz kirish huquqiga ega. Ular xalqaro pasport yoki biometrik hujjatini taqdim etishlari lozim. Ular O’zbekistonda 90 kundan ortiq bo’lmagan muddatda bo’lishlari mumkin. AQSh fuqarosi O’zbekistonda bo’lishi davomida 16 yoshga to’lgansa, unga O’zbekistondan chiqish vizasi migratsiya va ro’yxatga olish idoralari tomonidan beriladi.

QIZIL RANGLI BMT BIOMETRIK PASPORTI – LAISSEZ-PASSER

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 24 dekabrdagi PF-5896-sonli Farmoniga binoan, 2020 yil 1 yanvardan boshlab QIZIL RANGLI BMT BIOMETRIK PASPORTI – LAISSEZ-PASSERga ega bo’lgan xorijiy fuqarolar uchun O’zbekiston hududiga kirgan kundan boshlab 30 kun muddatga vizasiz tartib joriy etildi.

Qizil rangli BMT Laissez-Passerga egalari O’zbekistonga kirish/chiqish chog‘ida oz‘larining milliy pasportini taqdim qilishlari lozim va milliy pasportning muddati Layssez-Passerning muddatidan kam bo’lmasligi kerak.

112 DAVLATLAR FUQAROLARI, XUSUSAN, AQSH FUQAROLIKLARI O’ZBEKISTONDA KO’CHMAS MULKNI SOTIB OLISH SHARTI BILAN O’ZBEKISTONDA YASHASH UCHUN RUXSATNOMA OLISH HUQUQIGA EGA.

Toshkent viloyati va Toshkent shaxrida – kamida 400 ming AQSh dollaridan kam bo’lmagan miqdorda.

Samarqand, Buxoro, Namangan, Andijon, Farg’ona va Xorazm viloyatlarida – 200 ming AQSh dollaridan kam bo’lmagan miqdorda.

Qoraqalpog’iston Respublikasi va boshqa viloyatlarda – kamida 100 ming AQSH dollaridan kam bo’lmagan miqdorda.

DIPLOMATIK VA RASMIY VIZALAR.

AQSh diplomatik, rasmiy va BMT (UNLP) pasport egalariga O’zbekistonning Vashingtondagi Elchixona tomonidan vizalar O’zbekiston Respublikasi Tashqi Ishlar Vazirligining tasdiqnoma (TELEKSI)si asosida beriladi.

Viza so’rovnomasi taklif qiluvchi tashkilot, kompaniya va O’zbekistondagi doimiy yoki vaqtinchalik istiqomat qiluvchi shaxslar tomonidan O’zbekiston Respublikasi Tashqi Ishlar Vazirligiga taqdim etiladi.

O’zbekiston Respublikasi Tashqi Ishlar Vazirligining teleks-tasdiqnomasi asosida O’zbekiston Respublikasining Vashingtondagi Elchixonasiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

– to’ldirilgan va imzolangan viza so’rovnomasi. ( visa.mfa.uz saytida to’ldiriladi);

– pasportga mo’ljallangan 2 dona  fotosurat;

– pasport nusxasi (shaxsiy ma’lumot va fotosurat bo’lgan pasportning sahifasi);

– pasportning asl nusxasi (pasport yaxshi holatda – buzilmagan yoki zarar ko’rmagan, viza uchun kamida bitta bo’sh sahifa bo’lishi kerak, uning muddati O’zbekiston hududiga kirgan sanadan kamida uch oydan kam bo’lmasligi lozim;

– MONEY ORDER pul to’lovi tarzidagi konsullik yig’imi;

– egasi tomonidan oldindan to’langan va unga qaytariladigan konvert (Diqqat – hujjatni yuborish tartib-qoidasiga qarang).

AQSh diplomatik va rasmiy pasportlari egalari, shuningdek BMT pasportlari (UNLP) konsullik va boshqa to’lovlardan ozod qilinadi.

AQSh oddiy passport egalari uchun konsullik to’lovlari shu erda.

INVESTITSIYA VIZALARI.

2019 yil 1 martdan boshlab O’zbekistonda chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar (ta’sischilar) va ularning oila a’zolari uchun O’zbekistondan chiqmagan holda muddatini uzaytirish imkoniyati bilan 3 yil muddatga maxsus «Investitsiya vizasi» joriy etiladi;

O’zbekiston Respublikasi hududida kamida 3 million AQSh dollari miqdorida tovarlar ishlab chiqaradigan va xizmatlar ko’rsatuvchi korxonalarni tashkil etishga investitsiya qilgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar ta’sischilari (ishtirokchilari) O’zbekiston Respublikasida soddalashtirilgan tarzda 10 yil muddatga yashash uchun ruxsatnoma oladi.

O’zbekiston Respublikasida yashash huquqiga ega bo’lgan yoki «investitsiya vizasi»ni olgan xorijiy sarmoyadorlar, shuningdek ularning oila a’zolari O’zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun taqdim etilgan sharoitlarda tibbiy va ta’lim xizmatlardan foydalanish huquqiga ega.

BIZNES VISA.

AQSh fuqarolari uchun STIKER BIZNES VIZASINI Elchixona tomonidan rasmiylashtirish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar ro’yxati:

– to’ldirilgan va imzolangan viza so’rovnomasi. ( visa.mfa.uz saytida to’ldiriladi);

– pasportga mo’ljallangan 2 dona  fotosurat;

– pasport nusxasi (shaxsiy ma’lumot va fotosurat bo’lgan pasportning sahifasi);

– pasportning asl nusxasi (pasport yaxshi holatda – buzilmagan yoki zarar ko’rmagan, viza uchun kamida bitta bo’sh sahifa bo’lishi kerak, uning muddati O’zbekiston hududiga kirgan sanadan kamida uch oydan kam bo’lmasligi lozim;

– MONEY ORDER pul to’lovi tarzidagi konsullik yig’imi;

– egasi tomonidan oldindan to’langan va unga qaytariladigan konvert (Diqqat – hujjatni yuborish tartib-qoidasiga qarang).

Biznes vizalari ko’p martalik bir yilgacha muddatga berilishi mumkin.

Biznes vizalari 5 ish kunida va shoshilich tartibda 3 ish kunida beriladi. AQSh fuqarolari uchun 185 AQSh dollari 5 ish kunida va 278 AQSh dollari 3 ish kunida beriladi.

MEHMON VISA.

O’zbekiston hududida taklif etuvchi shaxs AASh fuqarosini O’zbekistonga taklif qilish uchun:

-O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining mahalliy bo’linmasiga murojaat qiladi;

– Bu idoradan taklifnomani oladi;

– ushbu taklifnomani O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamentiga taqdim qiladi;

– Konsullik-huquqiy departamenti tomonidan tegishli tasdiq-teleks O’zbekistonning AQShdagi elchixonasiga yuboradi;

– Taklif qiluvchi shaxs xorijiy fuqaroga teleks raqami haqida ma’lumot beradi va uning asosida chet ellik fuqaro Elchixonaga viza olish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

– to’ldirilgan va imzolangan viza so’rovnomasi. ( visa.mfa.uz saytida to’ldiriladi);

– pasportga mo’ljallangan 2 dona  fotosurat;

– pasport nusxasi (shaxsiy ma’lumot va fotosurat bo’lgan pasportning sahifasi);

– pasportning asl nusxasi (pasport yaxshi holatda – buzilmagan yoki zarar ko’rmagan, viza uchun kamida bitta bo’sh sahifa bo’lishi kerak, uning muddati O’zbekiston hududiga kirgan sanadan kamida uch oydan kam bo’lmasligi lozim;

– MONEY ORDER pul to’lovi tarzidagi konsullik yig’imi;

– egasi tomonidan oldindan to’langan va unga qaytariladigan konvert (Diqqat – hujjatni yuborish tartib-qoidasiga qarang).

O’ZBEKISTONGA TASHRIF BUYURADIGAN XORIJIY FUQAROLARNING QUYIDAGI AYRIM GURUHLARI UCHUN KIRISH VIZALARINING YANGI TOIFALARINI (ELEKTRON BO’LMAGAN, YILIMLANADIGAN) KIRITISH MASALASI KO’RIB CHIQILMOQDA: «VATANDOSH»; «TALABA VIZASI» «AKADEMIK VIZA»; «TIBBIY VIZA»; “PILIGRIM VIZASI”.

 «VATANDOSH» – O’zbekistonda tug’ilgan shaxslar va ularning oila a’zolari uchun O’zbekiston fuqarosi bo’lgan va uning hududida doimiy yashovchi qarindoshlarining taklifnomasi asosida beriladigan IKKI yillik viza (https://lex.uz/docs/4293592#5058409);

«STUDENT VISA» – O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalari, rasarrufida ta’lim muassasalari bo’lgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning iltimosnomasiga ko’ra O’zbekiston hududida joylashgan ta’lim muassasalariga qabul qilingan xorijiy talabalarga beriladigan BIR yillik viza;

«AKADEMIK VISA» – O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O’zbekiston Respublikasidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, oliy ta’lim muassasalari, vazirlik yoki idoralar iltimosnomasiga ko’ra O’zbekiston Respublikasida ilmiy-tadqiqot va pedagogik faoliyatni amalga oshirishni istagan xorijiy shaxslar uchun 3 OYDAN 2 YILGACHA bo’lgan muddatga beriladigan viza;

«MEDICAL VISA» – tibbiy muassasaning taklifiga binoan davolanish uchun O’zbekiston Respublikasiga kiruvchi xorijiy fuqarolar uchun 3 OYGACHA bo’lgan muddatga beriladigan viza;

«PILIGRIM VISA» – O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo’yicha qo’mita va sayyohlik faoliyati sub’ektlarining arizasiga ko’ra O’zbekistonning madaniy-tarixiy va diniy merosi va an’analarini o’rganish maqasadida kiruvchi xorijiy fuqarolarga
2 OYGACHA bo’lgan muddatga beriladigan ziyorat vizasi.

XORIJIY FUQAROLARNI O’ZBEKISTON HUDUDIDA RO’XATGA QO’YISH TARTIBI.

Vaqtinchalik yashashga kelgan xorijiy fuqarolar (shu jumladan vizasiz tartib va elektron vizalar asosida O’zbekistonga kirgan fuqarolar) O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralarida yoki yashash joylari va kasalxonalarda vaqtinchalik ro’yxatga olinishlari lozim.

Milliy bayram va dam olish kunlaridan tashqari 3 ish kunida vaqtinchalik ro’yxatga olinadi.

2018 yil 15-iyuldan O’zbekistonda xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarni Emehmon tizimi (www.emehmon.uz ) orqali masofadan ro’yxatga olish joriy etilgan.

Chet ellik sayyohlar xorijiy fuqarolari uchun yopiq bo’lgan joylar va ob’ektlardan tashqari  bo’lgan O’zbekiston hududida harakat qilish huquqiga ega.

O’zbekiston Respublikasida bo’lish qoidalarini buzish O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka tortilishga sabab bo’ladi.

HUJJATLARNI POCHTA XIZMATLARI ORQALI YUBORISH TARTIBI.

Hujjatlar pochta orqali yuborilgan holda Konsullik bo’limi tomonidan rasmiylashtirilgan hujjatlarni arizachiga qaytarish uchun qabul qiluvchi (Recipient)ning familyasi, ismi, manzili, telefon raqami ko’rsatilgan va oldindan puli to’langan bar kodli etiket – Shipping Label va marka yopishtirilgan convert yuborishingizni so’raymiz. Buning uchun USPS pochta xizmatidan foydalanishni tavsiya qilamiz.

Agar USPS pochta xizmatidan foydalanishning imkoni bo’lmasa, FedEx pochta xizmatidan quyidagi muhim shartlar asosida foydalanishingiz mumkin, ya’ni, agar FedEx pochta xizmatidan foydalansangiz – qabul qiluvchi (Recipient)ning familyasi, ismi, manzili, telefon raqami, amaldagi kredit karta yoki FedExdagi akkaunt raqami ko’rsatilgan va oldindan puli to’langan, bar kodli Shipping Label yopishtirilgan pochta konverti taqdim etilishi va unda Yuboruvchi (Sender) sifatida ham qabul qiluvchining manzili kursatilishi shart (Elchixonaning nomi yoki manzili hech qaerda kursatilmasligi lozim, agar yuboruvchi sifatida elchixona ko’rsatilsa, hujjat egasiga qaytarilmaydi).

Ba’zi pochta xizmatlarining etiket (Shipping Label)ning amal qilish muddati 3 oydan so’ng tugashi va Elchixona Konsullik bo’limi tomonidan rasmiylashtiriladigan ba’zi hujjatlar (hujjatlarni O’zbekistondan talab qilib olish, passport)ning muddati 3 oydan oshib ketishini ham inobatga olishingizni so’raymiz. Bunday hollarda hujjatlarni yuborish masalasini pochta xizmati va Konsullik bo’limi bilan oldindan kelishib olishingizni so’raymiz.

DHL, UPS, Expresspost kabi boshqa pochta xizmatlari orqali Elchixonaga yuborilgan konvertlar egasiga qaytarilmaydi.

Elchixona pochta orqali yuborilgan hujjatlarning yo’qolganligi uchun javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi.

Elchixona manzili: Consular Section of the Embassy of Uzbekistan to the USA, 1746 Massachusetts Avenue, N.W. Washington DC, Zip-20036.

MUHIM ESLATMALAR.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni asosida O’zbekiston fuqaroligidan chiqmagan yoki fuqarolikni yo’qotmagan fuqarolar va ularning farzandlari xorijiy fuqaro pasporti asosida O’zbekistonga borish huquqiga ega emas. Ular O’zbekistonga muddati o’tmagan biometrik yoki biometrik bo’lmagan passport, agar pasportning muddati o’tgan bo’lsa, O’zbekiston Respublikasining Vashingtondagi Elchixonasi yoki New-Yorkdagi Bosh konsulxonasi tomonidan berilgan O’zbekistonga qaytish guvohnomasi asosida O’zbekistonga tashrif buyurishlari kerak. Agar pasport muddati 6 oydan o’tmagan bo’lsa, O’zbekiston fuqarolari «O’zbekiston Havo Yo’llari» Milliy aviakompaniyasi xizmatlaridan foydalangan taqdirda ushbu pasport asosida O’zbekistonga borishlari mumkin.

Chet el fuqarosi va fuqaroligi bo’lmagan shaxsga nisbatan qonunda belgilangan tartibda O’zbekistonga kirishga ta’qiq qo’yilgan bo’lsa, uning O’zbekistonga kirishiga ruxsat berilmaydi.

Chet el fuqarosi va fuqaroligi bo’lmagan shaxsga nisbatan qonunda belgilangan tartibda O’zbekistonga kirishga ta’qiq qo’yilgan bo’lsa, unga O’zbekistonga kirish vizasi berilmaydi.

ELCHIXONANING KONSULLIK BO’LIMIDA VIZA OLISH UCHUN VIZA-SO’ROVNOMASI. (ELECTRON BO’LMAGAN VA XORIJIY FUQARONING PASPORTIGA YOPISHTIRILADIGAN VIZA).

Elchixonaning konsullik bo’limida viza (electron bo’lmagan va xorijiy fuqaroning pasportiga yopishtiriladigan) olish uchun ushbu visa.mfa.uz sayt orqali VIZA-SO’ROVNOMASI to’ldiriladi.