Fuqarolik holatlarini qayd etish hujjatlari
2016 yil 14 noyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 387 raqamli qarori bilan tasdiqlangan “Fuqarolik holatlarini qayd etish qoidalari” ko’ra, fuqarolik holatlarini qayd etish bo’yicha chet el vakolatli idoralari tomonidan berilgan hujjatlat O’zbekistonning gerbli guvohnomalariga almashtirilmaydi.
Shu munosabat bilan, AQShning vakolatli idoralari tomonidan berilgan va belgilangan tartibda apostil qilingan fuqarolik holatlari bo’yicha hujjatlar O’zbekiston Respublikasining barcha davlat idoralarida (O’zbekiston Respublikasi vazirliklari, muassasalari, mahalliy hokimiyati idoralari va boshqa tashkilotlar), shu jumladan O’zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxona va konsullik muassasalarida rasmiy hujjat sifatida qabul qilinadi.