Apostil va Legalizatsiya
I. Faqat AQSh (Alabama, Arkanzas, Kolorado, Delaver, Kolumbiya okrugi, Florida, Jorjiya, Kentukki, Luiziana, Merilend, Missisipi, Shimoliy Karolina, Janubiy Karolina, Oklaxoma, Tennessi, Texas, Virjiniya, G’arbiy Virjiniya) hamda Braziliya, Kanada va Kubada faoliyat yuritayotgan Oʼzbekiston fuqarolari hamda xorijiy jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek fuqaroligi boʼlmagan shaxslar Vashingtondagi Elchixonaga murojaat qilishadi.
AQShning boshqa shtatlarida istiqomat qilayotgan va Amerika qit’asining boshqa davlatlarida yashayotgan fuqarolar O‘zbekistonning Nyu-Yorkdagi Bosh konsulxonasiga murojaat qilishlari lozim (www.uzbekconsulny.org, tel: (212)754-7403, 754-6178, (917)539-4664 (моб), (347)217-4406 (моб), email:info@uzbekconsulny.org, visauzbekistan@gmail.com).
II. (APOSTIL). O‘zbekiston, AQSH va Braziliya Xorijiy hujjatlarni qonuniylashtirish (legalizatsia) talabini bekor qilish to‘g‘risidagi Gaaga konventsiyasining ishtirokchilari hisoblanadi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston, AQSH va Braziliya vakolatli idoralari tomonidan berilgan hujjatlar legalizatsiya qilinmaydi, hujjatlarga ushbu davlatlarning vakolatli idoralari tomonidan faqat apostil muhri qo‘yiladi (50 nafar AQSh Davlat kotiblarining veb-saytlari shu ushbu havolada (Contact information for 50 US Secretaries of State is available on the website of National Association of Secretaries of State website. Documents issued by the US government are apostilled by the Authentication Office of the State Department Authentications Office Authentications Office).
III. (LEGALIZATSIYA – HUJJATLARNI QONUNIYLASHTIRISH). Kanada va Kuba xorijiy hujjatlarni legalizatsiya talabini bekor qiluvchi Gaaga konventsiyasining ishtirokchilari emas. Shu bois, O‘zbekiston, Kanada va Kubaning vakolatli organlari tomonidan berilgan hujjatlar mahalliy notarius tomonidan tasdiqlanib, ushbu davlatlarning Tashqi ishlar vazirligi va xorijdagi konsullik muassasalarida legalizatsiya qilinganidan keyin ushbu mamlakatlarda qonuniy kuchga ega bo‘ladi. Kanadaning vakolatli idoralari tomonidan berilgan hujjatlar O‘zbekistonda qonuniy kuchga ega bo‘lishi uchun (1) ularning Kanada mahalliy notariusi tomonidan tasdiqlanishi (2) Kanada Tashqi ishlar vazirligida (Global Affairs Canada)da legalizatsiya qilinganishi (3) O’zbekiston Vashingtonda Elchixonasida legalizatsiya qilinganishi kerak).
O‘zbekiston, Kanada va Kuba vakolatli idoralari tomonidan berilgan hujjatlarning Elchixonasida legalizatsiya qilish uchun qoyidagi hujjatlar talab qilinadi:
1. To’ldirilgan ariza shakli (shaklni chop eting).
2. Kanada (Global Affairs Canada) va Kuba Tashqi ishlar vazirligida tomonidan legalizatsiya qilingan hujjatning asli va bir dona kseronusxasi.
3.Hujjatni imzolagan shaxs/egasining passport nusxasi.
4. Konsullik yig‘imlari: (1) 35 AQSh dollari – O‘zbekiston fuqarosi tomonidan berilgan/imzolangan hujjat uchun (2) 115 AQSh dollari – xorijiy fuqaro/fuqaroligi bo‘lmagan shaxs/kompaniya tomonidan berilgan/imzolangan hujjat uchun (faqat Money Order – Pay to the Embassy of Uzbekistan).
5. Hujjatni arizachiga qaytarish uchun qabul qiluvchi (Recipient)ning familyasi, ismi, manzili, telefon raqami ko’rsatilgan va oldindan puli to’langan bar kodli Shipping Label (faqat USPS, FedEx «E – Express», UPS, DHL Shipping Label yuboring, FedEx Air waybill label qabul qilinmaydi).