Ishonchnomalar
O’zbekiston Respublikasi hududida turli faoliyatlarni amalga oshirish uchun AQShga O’zbekiston Respublikasi elchixonasi konsullik bo’limi tomonidan jismoniy shaxslarning ishonchnomalari notarial tasdiqlanadi.
Ishonchnoma faqat konsulning huzurida imzolanadi.
Ishonchnoma O’zbekistonda ko’chmas mulkka egalik (uy, kvartira va boshqalar) huquqini boshqa bir shaxga o’tkazish uchun taqdim etilayotgan bo’lsa, arizachi mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxasini taqdim qilishi lozim.
Ishonchnoma o’zbek (rus) tillarda tayorlanadi. Ishonchnona arizachining pasporti asosida shaxsi aniqlangandan so’ng tasdiqlanadi.
Ishonchnomani notarial tasdiqlash uchun 30 AQSh dollari miqdoridagi konsullik to’lovi o’ndiriladi.
Mulk egalik qilish huquqi bilan boshqa shaxsga tegishli bo’lsa, bu shaxslarning rozilik arizasi taqdim etiladi va konsul tomonidan tasdiqlanadi (konsullik yig’im miqdiri – 35 AQSh dollari).
Qarindoshi yoki biror shaxsga tegishli O’zbekistondagi ko’chmas mulk yoki avtotransport vositasini boshqarish, sotish, almashtirish, ijaraga berish hamda bola uchun pasport olish va O’zbekistondan chet elga chiqishga ruxsat berish kabi arizani (rozilikni) tasdiqlash uchun 35 AQSh dollari miqdoridagi konsullik to’lovi o’ndiriladi..
Transport vositasini boshqarish yoki sotish bo’yicha ishonchnomalarni rasmiylashtirish uchun mazkur transport guvohnomasining nusxasini talab qilinadi.
Transport vositasini boshqarish (sotish huquqisiz) huquqi uchun ishonchnomani tasdiqlashga O’zbekiston fuqarolaridan 165 AQSh dollari (xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan – 215 AQSh dollari) miqdoridagi konsullik to’lovi o’ndiriladi.
Transport vositasini sotish huquqi bilan O’zbekiston fuqarolaridan 315 AQSh dollari (ishonchnoma turmush o‘rtog‘i, ota-onasi, farzandlari va nevaralariga berilgan holda – 30 AQSh dollari, aka-ukalar va opa-singillarga – 60 AQSh dollari (xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan – 415 AQSh dollari) miqdoridagi konsullik to’lovi o’ndiriladi.