O`zbekiston respublikasidan hujjatlarni so`rab olish


O‘zbekistondan hujjatlarni so‘rab olish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va xorijiy fuqarolar bevosita O‘zbekiston Respublikasi arxiv muassasalariga ham, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalariga va konsullik muassasalariga ham murojaat etishlari mumkin.

Faqat AQSh (Alabama, Arkanzas, Kolorado, Delaver, Kolumbiya okrugi, Florida, Jorjiya, Kentukki, Luiziana, Merilend, Missisipi, Shimoliy Karolina, Janubiy Karolina, Oklaxoma, Tennessi, Texas, Virjiniya, G’arbiy Virjiniya) hamda Braziliya, Kanada va Kubada qonuniy ravishda yashovchi O‘zbekiston fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Vashingtondagi Elchixonaga murojaat qilishadi.

AQShning boshqa shtatlarida istiqomat qilayotgan va Amerika qit’asining boshqa davlatlarida yashayotgan fuqarolar O‘zbekistonning Nyu-Yorkdagi Bosh konsulxonasiga murojaat qilishlari lozim (www.uzbekconsulny.org, tel: (212)754-7403, 754-6178, (917)539-4664 (моб), (347)217-4406 (моб), email:   info@uzbekconsulny.orgvisauzbekistan@gmail.com).

Elchixona Konsullik bo‘limi orqali hujjatlarni so‘rab olish uchun arizachi:

1. Tashqi ishlar vazirligining www.consulate.mfa.uz veb-sayti orqali (sahifaning nomi – HUJJATLARNI OLISH http://consulate.mfa.uz/docs/create) electron so‘rovnoma – arizasini to‘ldirib, uni 2 nusxada chop etadi;

2. Arizachi Elchixona Konsullik bo‘limiga quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi:

– qog‘ozda chop etilgan, arizachinig imzosi qo`yilgan, shtrix-kod (barcode)li ko‘rsatilgan elektron so‘rovnoma – arizasi, 2 nusxada;

– arizachining 2 dona pasport nusxasi.

– konsullik to‘lovi chiptasi (O‘zbekistondan hujjatlarni so‘rab olish uchun 30 AQSh dollari (Ozbekiston fuqarolaridan) va 70 AQSh dollari (xorijiy fuqarolardanmiqdorida konsullik yig‘imi to‘lanadi).  «The Embassy of Uzbekistan to the USA» nomiga yozilgan «Money order» yuborish lozim.

ESLATMA:

Mehnat va pensiya daftarchalari, harbiy biletlarning asl nusxalarini so‘rab olish, jo‘natib yuborish yoki xorijga chaqirtirib olishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Siz soragan hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi arxiv muassasalarida topilmagan taqdirda, konsullik to’lovlari qaytarib berilmaydi.

Agar nikoh bekor qilingan bo‘lsa, nikohdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomani, shuningdek vafot etgan shaxsning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasini qaytadan so‘rab olinishi mumkin emas. Voyaga yetmagan shaxslarning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalari ularning qonuniy vakillari tomonidan so‘rab olinishi mumkin. Vafot etganlik to‘g‘risidagi guvohnomalar vafot etgan shaxsning qarindoshlari yoki yuridik shaxslar tomonidan rasmiy maqsadlar uchun so‘rab olinishi mumkin.

Konsullik bo‘limida qabul kuni va vaqtini belgilash quyidagi veb-sahifaga kiring http://e-navbat.mfa.uz/texnolog/usluga?id=37

HUJJATLARNI POCHTA XIZMATLARI ORQALI YUBORISH TARTIBI.

Rasmiylashtirilgan ma‘lumotnomani arizachiga qaytarish uchun qabul qiluvchi (Recipient)ning familyasi, ismi, manzili, telefon raqami ko’rsatilgan va oldindan puli to’langan bar kodli Shipping Label (PRIORITY USPS yoki kafolatlanga FedEx («E» – «EXPRESS» shipping label) konverti yuborishi lozim.

MUHIM: Hujjat/Sertifikatni Kanadaga qaytarish uchu faqat FedEx xizmatidan foydalanish lozim va  arizachining FedEx  akkounti yoki ofisidan olingan Bar kodli («E» – «EXPRESS» shipping labelShipping Label yuborilishi lozim, namunasi shu erda, (Intarnational Air Waybill qabul qilinmaydi).

DHL, UPS, Expresspost kabi boshqa pochta xizmatlari orqali Elchixonaga yuborilgan konvertlar egasiga qaytarilmaydi.

Elchixona pochta orqali yuborilgan hujjatlarning yo’qolganligi uchun javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi.

Elchixona manzili: Consular Section of the Embassy of Uzbekistan to the USA, 1746 Massachusetts Avenue, N.W. Washington DC, Zip-20036