O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini olish tartibi (JShShIR)


Faqat AQSh (Alabama, Arkanzas, Kolorado, Delaver, Kolumbiya okrugi, Florida, Jorjiya, Kentukki, Luiziana, Merilend, Missisipi, Shimoliy Karolina, Janubiy Karolina, Oklaxoma, Tennessi, Texas, Virjiniya, G’arbiy Virjiniya) hamda Braziliya, Kanada va Kubada faoliyat yuritayotgan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari, hamda xorijiy jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek fuqaroligi boʼlmagan shaxslar Vashingtondagi Elchixonaga murojaat qilishadi.

AQShning boshqa shtatlarida istiqomat qilayotgan va Amerika qit’asining boshqa davlatlarida yashayotgan fuqarolar O‘zbekistonning Nyu-Yorkdagi Bosh konsulxonasiga murojaat qilishlari lozim (www.uzbekconsulny.org, tel: (212)754-7403, 754-6178, (917)539-4664 (моб), (347)217-4406 (моб), email:   info@uzbekconsulny.orgvisauzbekistan@gmail.com).

Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini (JSHSHIR) olish uchun arizachi Elchixonaga shaxsan murojaat qilishi va quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:

1. To’ldirilgan Anketa-so’rovnoma (shaklni chop eting).

2. Pasport (asl nusxa) va barcha sahifalardan nusxa (bo’sh sahifalar bundan mustasno).

3. Oʼzbekiston fuqarolari va fuqaroligi boʼlmagan shaxslarning ushbu hududda qonuniy yashayotganligini tasdiqlovchi hujjati nusxasi («permanent resident card», «green card», xorijiy passport vas hu kabi boshqa hujjat).

4. Bir dona fotosurat.

5. Money Order yoki chek: 20 AQSh dollari (Pay to the Embassy of Uzbekistan).