Chet elda doimiy yashashga qolish bo’yicha hujjatlarni topshirish
AQSh (18 shtat-Alabama, Arkanzas, Kolorado, Delaver, Kolumbiya okrugi, Florida, Jorjiya, Kentukki, Luiziana, Merilend, Missisipi, Shimoliy Karolina, Janubiy Karolina, Oklaxoma, Tennessi, Texas, Virjiniya, G’arbiy Virjiniya) va Kanadada istiqomat qiluvchi O‘zbekiston fuqarolari va xorijiy fuqarolar O`zbekiston Respublikasining AQSH (Vashington)dagi Elchixonasiga murojaat qilishadi.
Yuqoridagi shtatlarda istiqomat qilmaydigan va boshqa davlatlarda yashovchi fuqarolar O‘zbekiston Respublikasining Nyu-Yorkdagi Bosh konsulligiga murojaat qilishlari lozim (www.uzbekconsulny.org).
Chet elda doimiy yashashga qolish bo’yicha hujjatlarni rasmiylashtirish uchun arizachi www.consulate.mfa.uz (XORIJGA DOIMIY YASHASH http://consulate.mfa.uz/pmj/create) veb-saytida so‘rovnoma – arizasini to‘ldiradi va unga elektron fotosuratni quyidagi talablar bo’yicha yuklaydi TALABLAR 1 va TALABLAR 2. So’rovnomaning 14-bandida (NAMUNASU SHU ERDA) o’qish va mexnat faoliyatingiz to’g’risidagi ma’lumotlarni xronologik tartibda, batafsil aks ettiring. Agar, ba’zi-bir texnik sabablarga ko‘ra electron so‘rovnoma-anketasini to‘ldirishning imkoni bo‘lmasa, mazkur anketaning qog‘ozdagi shaklini (SHU ERDA) kompuyterga saqlash yoki chop etish va uni kompuyterda yoki qo‘lda to‘ldirish lozim;
O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasining (MvaFRBB) chet elda doimiy yashashga chiqish uchun talab qilinadigan hujjatlar ro’yxati:
1. Elchixona nomiga yozilgan ariza (3 nusxada). NAMUNA SHU ERDA.
2. Pasportning barcha varaqlaridan nusxalar (3 nusxadan).
3. http://consulate.mfa.uz/pmj/create veb-saytida to‘ldirilgan, qog`ozda chop etilgan, arizachinig imzosi qo`yilgan, bar-kodi ko`rsatilgan electron so`rovnoma – arizasi, 3 nusxada;
4. Tarjimai hol (3 nusxada). NAMUNA SHU ERDA.
5. Xorijiy davlat vakolatli idoralari tomonidam fuqaroning mazkur davlatda doimiy qolishiga ruxsat beruvchi hujjat «Green Card» nusxasi (3 nusxada).
6. O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lgan va O’zbekiston hududida doimiy ro’yxatdan turuvchi ota-onasining, turmush o’rtog’ining notarial tasdiqlangan rozilik arizasi (1 asli va 2 nusxa). O’zbekiston hududida doimiy ro’yxatda turgan sobiq turmush o’rtoq’ining notarial tasdiqlanga rozilik arizasi (agar ular o’rtasida farzand bo’lsa). O’zbekiston hududida doimiy ro’yxatdan turuvchi ota-onasi va turmush o’rtog’ining rozilik arizasi, arizachi hozirgi vaqtda ular bilan birga yashamasa ham talab qilinadi. Agar ushbu qarindoshlar AQSh hududida yashayotgan bo’lsa, ular rozilik arizasi Elchixonaga konsullik bo’limi tomonidan tasdiqlanishi mumkin.
7. Tug’ilganlik haqida guvohnomaning nusxasi (3 nusxada).
8. Farzandlarining tug’ilganlik haqidagi guvohnomalarining notarial tasdiqlangan va apostil yoki legalizatsiya qilingan nusxalari – agar ular xorijiy davlatda tug’olan bo’lsa (3 nusxada).
9. 6 dona 3,5 x 4,5 sm. hajimdagi fotosuratlar.
10. Tug’ilganlik va nikoh tuzilganlik haqida guvohnomalarning nusxalari (3 nusxada).
11. Agar 14 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan bolalar (16 yoshga to’lga fazand pasport olgan bo’lsa) ota – onasi bilan birga hujjat topshirishlari mumkin, buning uchun farzanlarning ota-onasi bilan birga xorijga doimiy yashashga chiqishga rozilik arizalari talab qilinadi (Agar 16 yoshga to’lgan farzand avval pasport olmagan bo’ldsa, u ota-onasi bilan birga hujjat topshirish huquqiga ega emas, bo holatda unga Elchixona tomonidan O’zbekistonga qaytish guvohnomasi berilib, u ushbu guvohnoma bilan O’zbekistonga qaytadi va ichki ishlar idoralaridan pasport oladi). Ota-ona bolan birga hujjat topshirayotgan farzandlarning familiyasi, ismi, ota ismi va tugilgan sanasi mazkur veb sahifaning 2-bandida ko’rsatilgan Ariza so’rovnomasining 13-bandida yozilishi lozim.
12. Arizachining turmush o’rtog’ining pasport nusxasi (3 nusxada).
13. Agar mavjud bo’lsa, mehnat daftarchasining nusxasi (3 nusxa).
14. Xorijiy davlatda doimiy yashashga qolish bo’yicha hujjatlarni rasmiylashtirish uchun 30 AQSh dollari miqdorida konsullik yig’imlari undiriladi (18 yoshga to’lmagan farzandlardan konsullik to’lovlari undurilmaydi). «The Embassy of Uzbekistan to the USA» nomiga yozilgan «Money order» qabul qilinadi.
Eslatma:
Hujjatlar faqat O’zbekiston fuqarosining amal qilish muddati tugamagan biometrik pasportiga ega bo’lgan fuqarolardan qabul qilinadi. Pasporti yuqolgan fuqarolardan hujjatlar qabul qilinmaydi. Xorijiy davlat fuqaroligini qabil qilgan fuqarolardan xorijda doimiy yashashga qolish uchun hujjatlar olinmaydi.
O’zbekistonda rasmiylashtirilgan hujjatlarning nusxalari konsullik bo’limi tomonidan tasdiqlanishi mumkin. Bunday holda, arizachi hujjatlarning asl nusxalarini va ko’chirma nusxalarini taqdim etishi kerak.
Xorijga doimiy yashash uchun ruxsatnomalar olish bo’yicha arizalar O’zbekiston Respublikasi vakolatli idoralari tomonidan 3 oydan 6 oygacha bo’lgan muddatda ko’rib chiqilishi mumkin.
Xorijda doimiy yashashga qolishga ruxsat berilmagan taqdirda, konsullik to’lovlari arizachiga qaytarilmaydi, rad etish sabablari to’g’risida izoh berilmaydi.
Xorijda doimiy yashashga ruxsat olish bo’yicha hujjatlarni topshirish uchun arizachi konsullik bo’limiga shaxsan murojaat qilishi lozim.
Konsullik bo‘limiga tashrif byurmoqchi bo‘lgan fuqarolar avvaldan qabul kuni va vaqtini ushbu @consulwashington telegram kanali orqali belgilashi lozim.
Elchixona manzili: Consular Section of the Embassy of Uzbekistan to the USA, 1746 Massachusetts Avenue, N.W. Washington DC, Zip-20036.