Siyosiy munosabatlar


O‘zbekiston Respublikasi «Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi»ga muvofiq respublika tashqi siyosatining ustivor yo‘nalishlardan biri Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan hamkorlik hisoblanadi. Joriy o‘zbek-amerika munosabatlari o‘zining komplekslilik, uzoq muddatli va ko‘p qirrali jihatlari bilan ajralib turadi.

Tomonlar bir qator xalqaro va mintaqaviy muammolar bo‘yicha mushtarak qiziqishlarga ega. Ushbu jabhada siyosiy, iqtisodiy, gumanitar hamda global xavfsizlik tahdidlari ya`ni, ekstrmism va radikallanishga, giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishi, ommaviy qirg‘in qurollarining tarqalishiga qarshi kurash, shuningdek, Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash sohalarida o‘zaro faol hamkorlik alohida ahamiyat kasb etadi.

Ikki davlat o‘rtasida diplomatik aloqalar 1992-yil 19-fevralda o‘rnatilgan. Ushbu davr mobaynida o‘zaro hamkorlikning ulkan salohiyati shakillantirildi va kostruktiv hamkorlik tajribasi to‘plandi.

O‘zbekiston-Amerika munosabatlari doirasidagi barcha yo‘nalishlarda sifat jihatidan yangi va o‘zaro manfaatli aloqalarni yo‘lga qo‘yishni belgilab bergan asosiy hujjat bu ikki mamlakat o‘rtasida 2002-yil martda imzolangan Strategik sherikchilik va hamkorlikning asoslari to‘g’risidagi Deklaratsiya hisoblanadi.

Ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishda oliy va yuqori darajadagi doimiy muloqotlar alohida ahamiyat kasb etadi. 2017 yilning o’zida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoev va Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp turli xil muhim voqealar munosabati yuzasidan 11 marotaba xabar almashishdi. Davlat rahbarlari ikki marta uchrashuv o’tkazdi – 2017 yil may oyida Riyodda va 2017 yil sentyabrida Nyu-Yorkda shahrida. 2017 yil 19 dekabr kuni Sh.Mirziyoev va D.Trump telefon orqali suhbatlashdilar. Unda O’zbekistonning Markaziy Osiyodagi roli, mintaqaviy xavfsizlik masalalari va ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish yo’llari muhokama qilindi.

Amerika Qo‘shma Shtatlari Presidentining yordamchisi muovini, Milliy havfsizlik kengashi Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha ofisi direktori Liza Kyortisning (2017 yil 9-12 noyabrda) va AQSh davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha yordamchisi vazifasini bajaruvchisi Ellis Uellsning (2018yil 1-2 fevral) O‘zbekistonga tashriflari bulib o’tdi. O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri A.Komilovning 2018 yil 16-17 yanvar kunlari Vashingtonga qilgan tashrifi chog’ida, AQSh Presidentining milliy xavfsizlik masalalari bo’yicha maslahatchisi Herbert Makmaster va Davlat kotibi siyosiy masalalar bo’yicha o’rinbosari Tomas Shannon bilan uchrashuvlar bo’lib o’tdi. Tashriflar chog’ida o‘zaro hurmat, teng huquqlilik va tomonlarning manfaatlari inobatga olingan prinsiplarga asoslangan ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash borasida fikrlar almashilganligini ta’kidlab o‘tish lozim.

Har yilgi siyosiy maslahatlashuvlarning o‘tkazilishi davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikning mustahkamlanishiga sabab bo‘lmoqda. Oxirgi maslahatlashuvlar 2016-yil yanvarda Vashington shahrida bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi parlamentlararo aloqalar ham faolligi bilan ajralib turadi. Parlamentlar delegatsiyalarining so‘nggi yillar davomidagi o‘zaro tashriflari bu yo‘nalishda hamkorlikning mustahkam asosi bo‘lib xizmat qilmoqda. 2017 yilning noyabrida Kongressga konstruktor Trent Kelli boshchiligidagi 8 nafar konstruktordan iborat delegatsiya tashrif buyurdi. Shu oyda AQSh Senatining Tashqi aloqalar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm qo’mitasi raisi Alisher Kurmanov boshchiligidagi ikki senator va ikki nafar o’zbek deputati delegatsiyasi tashrif buyurdi.