Elchixona haqida
Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini tan olgan birinchi davlatlardan biri.
Diplomatik aloqalar 1992 yil 19 fevralda o’rnatilgan va O‘zbekiston Respublikasining Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi birinchi elchixonasi 1993 yil fevral oyida ochilgan.
Elchixona 1746 Massachusetts Ave NW, Washington, DC 20036 manzilida joylashgan
Elchixona binosining tarixi
1906 yilda qurilib va 1909 yilda bitkazilgan ushbu imorat fransus me’mori Jyul Anri de Sibur (1872-1938) tomonidan Lui XV uslubida ishlab chiqilgan bo‘lib, u bu ko‘chada joylashgan eng katta va eng qimmatbaho binolardan hisoblangan. Uyning interyer qismi 16, 17 va 18-asrlar frantsuz va ingliz bezak elementlarini o‘z ichiga olgan. Ichki xonalarning sodda va mantiqiy davom etishi hamda ularning uslubiy o‘zgarishlar ketma-ketligi, bir vaqtning o‘zida ham dizayn, ham hunarmandchilikning yuqori sifatini namoyish etadi. Alohida e’tibor ayniqsa, nozik yog’och o‘ymakorligiga, gips va temir ishlariga, shuningdek metalldan ishlangan ajoyib buyumlar va yoritish moslamalariga qaratiladi.
Binodan 1927 yilgacha xususiy turar joy sifatida foydalanilgan bo‘lib, so‘ng u Kanada hukumati tomonidan sotib olingan va vakolatxona, kanselyariya va elchixona sifatida ishlatilgan. O‘zbekiston Respublikasi hukumati mazkur binoni 1996 yilning yozida sotib olgan.
Imoratning asl egasi Vashingtonning eng yirik bank va brokerlik firmalaridan biri hisoblangan “W.B. Hibbs and Company” sherigi Klarens Mur bo‘lgan. U ot zavodining egasi sifatida tanilgan bo’lib, eksklyuziv Chevy Chase klubida Tozi itlar egasi lavozimini egallagan. Afsuski, K.Mur o‘zining baxtiga qarshi 1912 yilda Buyuk Britaniyadan Amerika Qo‘shma Shtatlariga “Titanik” kemasida qaytish chog’ida uning cho‘kishi oqibatida vafot etgan.
K.Murning o‘limidan uch yil o‘tgach uning rafiqasi Mabel Mur Daniyalik bankir va taksi kompaniyasi egasi Aksel Vichfeldga turmushga chiqadi. 1916 yilda A.Vichfeld Daniya Legioning attashesi lavozimiga taniylanadi.
Vichfeldlarning to’rtta turar-joyidan biri hisoblangan Vashington shahridagi uyi 1927 yilda chop etilgan Sunday Star gazetasiga ko‘ra u “diplomatik va ijtimoiy doiralarning k‘oplab zamonaviy uchrashuvlari sahnasi” deya e’tirof etilgan. O‘sha yilning aprel oyida Vichfeldlar o‘z uyini Kanadaliklarga sotgan.
1996 yilda bino O‘zbekiston Respublikasi tomonidan xarid qilingan. Sotib olingandan so‘ng mazkur binoning ichki qismiga ba’zi o‘zgartirishlar qilingan. Binoda milliylikni mujassam ettirish va elchixonaga tashrif buyuruvchilarga yog’och o‘ymakorligi, ipak yigirish, shisha bo‘yash va rassomlik kabi Markaziy Osiyo san’atining boy an’analarini namoyish etish maqsadida o‘zbek dekor elementlari ishlatilgan.
In 1996, the building was sold to the Republic of Uzbekistan. Since its purchase, the Embassy has undergone some interior changes. Uzbek decor has been added to personalize the building and to display to its visitors the rich tradition of such Central Asian arts as woodcarving, silk weaving, glass staining, and painting.