Elektron raqamli imzoni olish tartibi
Faqat AQSh (Alabama, Arkanzas, Kolorado, Delaver, Kolumbiya okrugi, Florida, Jorjiya, Kentukki, Luiziana, Merilend, Missisipi, Shimoliy Karolina, Janubiy Karolina, Oklaxoma, Tennessi, Texas, Virjiniya, G’arbiy Virjiniya) hamda Braziliya, Kanada va Kubada faoliyat yuritayotgan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari, hamda xorijiy jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek fuqaroligi boʼlmagan shaxslar Vashingtondagi Elchixonaga murojaat qilishadi.
AQShning boshqa shtatlarida istiqomat qilayotgan va Amerika qit’asining boshqa davlatlarida yashayotgan fuqarolar O‘zbekistonning Nyu-Yorkdagi Bosh konsulxonasiga murojaat qilishlari lozim (www.uzbekconsulny.org, tel: (212)754-7403, 754-6178, (917)539-4664 (моб), (347)217-4406 (моб), email: info@uzbekconsulny.org, visauzbekistan@gmail.com).
Elektron raqamli imzoni olish uchun arizachi shaxsan Elchixonaga murojaat qilishi va quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:
JISMONIY SHAXSLAR UCHUN
1. To’ldirilgan Anketa-so’rovnoma (shaklni chop eting).
2. Pasport (asl nusxa) va barcha sahifalardan nusxa (bo’sh sahifalar bundan mustasno).
3. Oʼzbekiston Respublikasida olingan jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami ma’lumoti (JShShIR);
4. Oʼzbekiston fuqarolari va fuqaroligi boʼlmagan shaxslarning ushbu hududda qonuniy yashayotganligini tasdiqlovchi hujjati nusxasi («permanent resident card», «green card», xorijiy passport).
5. Elektron raqamli imzo kaliti sertifiqati uchun USB flesh-diski – 1 dona.
6. Money Order: (1) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun – 40 AQSh dollari; (2) ;
70 AQSh dollari.
XORIJ YURIDIK SHAXSLAR UCHUN
1. Elchixonasi Konsullik bo’limi nomiga ariza (ihtiyoriy formada). Ushbu xatda yuridik shaxsning to’liq nomi va soliq to’lovchining identifikatsiya raqami (STIR) aniq ko’rsatilishi talab etiladi.
2. To’ldirilgan Anketa-so’rovnoma (shaklni chop eting).
3. Yuridik shaxsning rahbari pasporti (asli) va nusxasi.
4. Vakolatli shaxs pasportining asli va nusxasi.
5. Agar Elektron raqamli imzo (ERI) egasi Yuridik shaxsning vakili (Yuridik shaxsning rahbari bundan mustasno) bo’lsa, so’rovnomaga ERI yopiq kaliti egasining familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi ko’rsatilgan hamda ushbu ERI yopiq kaliti egasiga ERI kalitlarini va ERI kalitining sertifikatini berish to’g’risida yuridik shaxsning xati va notarial tasdiqlangan ishonchnoma.
6. Elektron raqamli imzo kaliti sertifiqati uchun USB flesh-diski – 1 dona.
7. Money Order – 70 AQSh dollari.