Iqtisodiy hamkorlik


Ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalaridagi hamkorlik ham jadal rivojlanib bormoqda.

Ayni paytda AQShning «Boeing», «General Motors», «General Electric», «CNH Industrial», «Hyatt», «Hilton» va boshqa ko‘plab jahonga mashhur kompaniyalari mamlakatimizda muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

Amerika biznes doiralari bilan hamkorlikning yorqin misoli sifatida “General Motors” korporatsiyasini keltirish mumkin. Mazkur korxona avtomobil modellarini ishlab chiqarish jarayonini muntazam ravishda oshirib bormoqda. Bu borada erishilgan asosiy yutuqlardan biri sifatida yengil avtomobillarning dvigatellarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “General Motors Powertrain – Uzbekistan” korxonasining ishga tushirilishini ta’kidlash zarur.

“Boeing” kompaniyasi “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasini zamonaviy avialaynerlar bilan ta’minlovchi asosiy va doimiy hamkor sanaladi. 2016-yilda «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi aviaparki «Boeing-787-8 Dreamliner» rusumidagi yangi avlod samolyotlari bilan boyidi va davlatimizning butunjahon aviatizimidagi o‘rnini yanada mustahkamlashga o‘z hissasini qo‘shdi.

Tomonlar o‘rtasidagi ishbilarmon munosabatlarni qo‘llab quvvatlashning muhim mexanizmlaridan biri Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi hisoblanib, uning navbatdagi uchrashuvi 2017-yil 1 fevralda bo‘lib o‘tdi. 2017 yil sentyabr oyida Nyu-Yorkda 200 milliondan ortiq kompaniya ishtirokida yirik biznes-forum bo’lib utdi, va unda 2,6 milliard dollarga teng shartnomalar imzolandi. Mazkur forumlards amerikaning yetakchi kompaniyalari ishtirok etganligi O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik va qiziqshlarning tobora ortib borayotganining yaqqol misolidir.

2017 yil sentyabr oyida Qo’shma Shtatlarda O’zbekistonning birinchi «UzTrade» Savdo Uyi ochildi. Bu o’zbek mahsulotlarini AQSh bozoriga eksport qilishni kengaytirishga yordam beradi.

Bugungi kunda davlatimizda amerika kapitali ishtirokida 164 ta tashkilot o‘z faoliyatini yuritib kelmoqda va AQShning Ozbekiston iqtisodiga kiritilgan sarmoylari hajmi 1 milliard dollardan oshdi.