Uzbekistan’s Club jamoasi AQSh va Kanadaga tashrif buyuradi

Uzbekistan’s Club jamoasi “O‘zbekistonlik” filmining navbatdagi epizodini suratga olish va maxsus loyihalar doirasida tez orada AQSh va Kanadaga tashrif buyuradi.

Shu munosabat bilan ijodiy guruh “O‘zbekistonlik.Students” maxsus loyihasining yangi epizodining qahramonlari bo‘lishi mumkin bo‘lgan AQSh va Kanadaning nufuzli universitetlarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar orasidan nomzodlarni izlamoqda.

Bundan tashqari, tashrif davomida Shimoliy Amerikada muvaffaqiyatli biznes yuritayotgan hamyurtlarimiz haqida “O‘zbekistonlik.Business” nomli yangi filmning spin-offini suratga olish ham rejalashtirilgan.

Yana bir so‘nggi muhim yangilik – Uzbekistan’s Club jamoasi Nyu-York, Vashington, Kanzas-Siti va San-Fransiskodagi suratga olish ishlari jarayonida VOLONTYORLAR yordamini kutmoqda.

Anketalaringizni ushbu manzilga yuborishingiz mumkin 👉 info@uzbekistans.club

Published On: Noyabr 7, 2023Views: 64