O‘zbekiston Respublikasining AQShdagi Elchixonasi
MATBUOT XABARI
OAVda tarqatilgan ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh Federal qidiruv byurosi boshpana so‘rab Meksika orqali kirgan bir guruh O‘zbekiston fuqarolari ustidan tergov olib bormoqda. AQSh razvedkasi xabarida ta’kidlanishicha, bu muhojirlar AQShning janubiy chegarasiga IShIDga aloqador kontrabanda guruhi yordamida etib kelgan. Garchi IShIDning aniq rejasiga doir biror ma’lumot aniqlanmagan bo‘lmasada, byuro o‘zbekistonliklarni atroflicha tergovdan o‘tkazishga qaror qilgan.
Dastlabki so‘rishtiruv natijalariga ko‘ra, kontrabanda bilan shug‘ullanganlar IShID a’zosi emas, balki guruhga xayrixoh bo‘lgan mustaqil pudratchi ekanligi tahmin qilinmoqda.
AQSh rasmiylari bu shaxslarning terrorizmga aloqadorligini tasdiqlovchi hech qanday dalil yo‘qligini va asosiy e’tibor mamlakat xavfsizligini ta’minlashga qaratilganligini ta’kidlagan.
Vatandoshlar bilan bog‘liq ushbu holat O‘zbekiston Elchixonasi nazoratiga olingan bo‘lib, mazkur masala yuzasidan qo‘shimcha axborot beriladi.