O‘zbekiston Respublikasining AQShdagi Elchixonasi matbuot xabari

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra,  joriy yilning 22 iyun kuni Meksikaning Chiapas shtatidagi Villa Comaltitlán-Ejido Hidalgo avtotrassa hududida 14 nafar O‘zbekiston fuqarosi avto-halokatga uchragan. Ulardan bir nafari jiddiy jarohat olganlik sababli mahalliy kasalxonaga yotqizilgan.

Qolgan o‘zbekistonliklar, xusuan 12 nafar erkak va bir nafar ayol mamlakatda noqonuniy bo‘lganligi sababli ularga nisbatan Meksika Migratsiya milliy instituti tomonidan ish qo‘zg‘atilgan.

Bugungi kunda avto-halokatga uchragan O‘zbekiston fuqarolarining shaxsi aniqlangan. Ular bo‘yicha so‘nggi ma’lumot olish maqsadida Meksikaning AQShdagi Elchixonasi bilan muntazam muloqot olib borilmoqda. O‘z navbatida, ushbu xorijiy davlat elchixonasi Meksika vakolatli idoralari bilan bog‘lanib, mazkur holat yuzasidan qo‘shimcha xabar berilishini ma’lum qildi.

Vatandoshlar bilan bog‘liq ushbu holat O‘zbekiston Elchixonasi nazoratiga olingan bo‘lib, mazkur masala yuzasidan qo‘shimcha axborot beriladi.

Published On: Iyun 30, 2023Views: 148