O‘zbekiston Prezidenti etnosportni ommalashtirish sohasida xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini ta’kidladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 sentyabr kuni Butunjahon etnosport konfederatsiyasi raisi Najmiddin Bilol Erdog‘an boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Milliy sport turlari va xalq o‘yinlarini yanada rivojlantirish va ommalashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv avvalida Bilol Erdog‘an O‘zbekiston yetakchisiga Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Ilk bor Xiva shahrida dunyoning 60 dan ziyod  mamlakatidan qariyb 2 ming nafar sportchi ishtirokida o‘tkazilayotgan Xalqaro etnosport festivali qo‘llab-quvvatlangani va yuksak darajada tashkil etilgani uchun samimiy minnatdorlik bildirildi.

Suhbatda qo‘shma “yo‘l xaritasi” asosida ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, tajriba almashish, mutaxassislar, murabbiy va hakamlarni tayyorlash, yoshlarni etnosportga keng jalb qilish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Published On: Sentabr 8, 2023Views: 45