OʻZBEK FUQAROLARI AQSHDAN VATANGA MUVAFFAQIYATLI QAYTARILDI

 

O‘zbekiston Respublikasining Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Elchixonasi sa’y-harakatlari bilan AQSHdan Kosta Rikaga yuborilishi rejalashtirilgan, biroq, Vatanga qaytish istagida bo‘lgan 7 nafar fuqaroni joriy yil 24-fevral kuni Nyu-York – Toshkent yo‘nalishi orqali O‘zbekistonga qaytarishga erishildi.
Hozirda, Elchixona tomonidan AQSH vakolatli idoralari, Kosta Rika va Panamaning Vashingtondagi elchixonalari bilan fuqarolarimiz huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda ularni tashkillashtirilgan tartibda O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha olib borilayotgan muzokaralar davom etmoqda.

Published On: Fevral 25, 2025Views: 51