Navoiydagi “Muruntov” koni oltin qazib olish bo‘yicha jahonda ikkinchi o‘rinni egalladi

Dunyoda qimmatbaho metallar savdosi va ular haqida yangilik, ma’lumotlar beruvchi Kanadaning Kitco kompaniyasi dunyoning eng yirik oltin konlarining 2022 yildagi ishlab chiqarishi bo‘yicha reyting tuzdi. Reyting dunyoning eng yirik top-10 oltin qazuvchi konlari bilan shakllantirilgan. Ro‘yxatning ikkinchi o‘rnini O‘zbekistonning Navoiy viloyatidagi “Muruntov” koni egallagan.

Qayd etilishicha, “Muruntov” ochiq kon kompleksi 2022 yilda taxminan 1,7 mln unsiya oltin qazib olgan. Konning uzunligi 3,3 kilometrdan ortiq, eni 2,5 kilometr va chuqurligi qariyb 600 metrni tashkil etadi. Muruntovning oltin zaxiralari va resurslari 150 million unsiyadan oshadi.

Shuningdek, reytingning birinchi va keyingi o‘rinlarini quyidagi oltin konlari egallagan:

1. “Grasberg” Indoneziya;

3. “Karlin” AQSH;

4. “Olimpiada” Rossiya;

5. “Buddington” Avstraliya;

6. “Dibali” Kongo Demokratik Respublikasi;

7. “Detour Leyk” Kanada;

8. “Kortez” AQSH;

9. “Pueblo viyejo” Dominika Respublikasi;

10. “Loulo Gounkoto” Mali.

Eslatib o‘tamiz, Kitco kompaniyasining o‘tgan yildagi reytingida “Muruntov” koni oltin qazib olish bo‘yicha birinchi o‘rinni olgandi.

Published On: Iyun 8, 2023Views: 190