MSK prezident sayloviga doir saylov byulletenini tasdiqladi

Markaziy saylov komissiyasining 9-iyun kungi yig‘ilishida 9-iyulda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston prezidenti sayloviga doir saylov byulletenining shakli va matni tasdiqlandi.

бюллетен, мск, президент saylovи

Shuningdek, majlisda ayrim saylov uchastkalarida saylov jarayonini video-translyatsiya qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni belgilash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, saylov kuni ovoz berish jarayonini real vaqt rejimida (onlayn) video-translyatsiya qilish maqsadida respublikaning barcha tuman va shaharlari hududida joylashgan ikkitagacha saylov uchastkalarida videokamera va boshqa zarur qurilmalar o‘rnatish yuzasidan aniq choralar belgilab berildi va tegishli qaror qabul qilindi.

Eslatib o‘tamiz, 30-aprel kuni Konstitutsiyaning yangi tahriri bo‘yicha referendumda barcha tuman va shaharlardagi ikkita saylov uchastkasidan translyatsiya amalga oshirilgan edi.

Toshkentdagi ayrim saylov uchastkalarida saylovchilarni biometrik identifikatsiya qilish tizimi sinov rejimida joriy etiladi. Tizim saylovchining shaxsini, uning saylov uchastkasi saylovchilar ro‘yxatida bor yoki yo‘qligini tezkor tekshirish va tasdiqlash imkonini beradi. U birinchi marta Konstitutsiya bo‘yicha referendumda ilk bor qo‘llanildi.

Published On: Iyun 10, 2023Views: 177
Go to Top