Elchi Furqat Sidiqov Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi a’zolari bilan samarali uchrashuv o’tkazdi
Elchi Furqat Sidiqov Amerika-O‘zbekiston Savdo palatasi a’zolari bilan samarali uchrashuv o‘tkazib, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan so‘nggi iqtisodiy islohotlar haqida ma’lumot berdi. AQShning 44 ta yetakchi kompaniyalari vakillari ishtirok etgan virtual yig‘ilishda elchi Furqat Sidiqov O‘zbekistonning barqaror iqtisodiy o‘sish sur’ati va bu o‘zgarishlarda xorijiy investitsiyalar o‘ynagan muhim roli bilan o‘rtoqlashdi. Xususan mamlakat yalpi ichki mahsulotining o‘sish sur’ati 2022-yilda 5,7 foizga oshgani, bu mamlakatning iqtisodiy barqarorligi va amalga oshirilayotgan islohotlar samarasidan dalolat ekanini ta’kidlandi.
Shuningdek, O‘zbekistonga kiritilayotgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar sezilarli darajada oshganiga, 2016-yildagi 1,5 milliard dollardan 2022-yilda 2,8 milliard dollarga ko‘tarilganiga e’tibor qarildi. Bu O‘zbekiston salohiyati va qulay ishbilarmonlik muhitiga xalqaro ishonch ortib borayotganidan dalolat beradi. O‘zbekistonning eksport va import hajmining tahsinga loyiq o‘sgani uchrashuvning yana bir diqqat markazida bo‘lib, mamlakat iqtisodiyoti o‘sib borayotgan talablarni qondirish, global raqobatbardoshlikni oshirish va sanoatning turli tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlashga intilishidan dalolat beruvchi raqamlar keltirildi.
Elchi 2023-yil 30-aprelda boʻlib oʻtgan konstitutsiyaviy referendum chogʻida taklif qilingan Oʻzbekiston konstitutsiyasiga kiritilgan muhim oʻzgartishlarni taʼkidlab oʻtdi. Bu oʻzgarishlar bozor munosabatlarini rivojlantirishning konstitutsiyaviy mexanizmlarini mustahkamlash, xususiy mulkni himoya qilish, xususiy mulkni himoya qilish, qonunchilikni himoya qilishni o’z ichiga oladi.
Yaqinda Air Products kompaniyasining O‘zbekistonning Qashqadaryo viloyatidagi tabiiy gazni singazga qayta ishlash zavodiga 1 milliard dollarlik armoya kiritgani O‘zbekiston bozorining Amerika biznesi uchun jozibadorligi oshib borayotganining ramzi bo’ldi.
Elchi shu yilning sentabr oyida Vashingtonda ikki davlat oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatlarni yanada chuqurlashtirish maqsadida Oʻzbekiston-AQSh biznes forumi tashkil etilishini eʼlon qildi. O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi barcha manfaatdor tomonlarni ushbu muhim tadbirda ishtirok etishga taklif etadi.