Belarus Prezidenti “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurdi (+video)
Rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko 8 fevral kuni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurdi.
Oliy martabali mehmon muhtasham badiiy obida – Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi.
Aleksandr Lukashenko ushbu muazzam bog‘ning bunyod etilish tarixi bilan tanishdi. Mustaqillik monumentida aks ettirilgan buyuk allomalar, qahramon sarkarda va jahongirlar, jadid bobolarimiz haqida so‘zlab berildi.
Delegatsiya a’zolari “Yangi O‘zbekiston” majmuasining g‘oyaviy va me’moriy yechimlariga e’tibor qaratdi.
Bu yerdagi sport maydonchalari, bolalar o‘yingohlari, amfiteatr, favvoralar, noyob daraxt va gul-chechaklar uyg‘unligi odamlarning bahri dilini ochadi.
Milliy davlatchiligimizning teran tarixi, xalqimizning bag‘rikeng, mehmondo‘st va bunyodkorligini ifoda etgan bu majmua hamisha gavjum.
Ikrom AVVALBOEV,
Nosirjon HAYDAROV (surat, video), O‘zA