2023-yil 9-iyul kuni – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni

Hurmatli O‘zbekiston fuqarolari!

Muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni O‘zbekistonning Vashington shahridagi Elchixonasi va Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasida o‘tkaziladi.
Ushbu sanada saylovda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lmagan fuqarolar uchun AQShning quyidagi shaharlarida muddatidan oldin ovoz berish uchun ko‘chma saylov nuqtalari tashkil etiladi:
– 28 – iyun kuni Orlando (manzil:8009 Orange Ave Orlando, Florida 32809, vaqti: 09:00-15:00);
– 28 – iyun kuni Raleigh (manzil: 1493 Garner Station Blvd Raleigh, NC 27603, vaqti: 17:00-20:00);
– 28 – iyun kuni Dover (manzil: Princeton Avenue 4, Dover, New Jersey 07801, vaqti: 08:00-14:00);
– 1 – iyul kuni Philadelphia (manzil: 10663 Bustleton Ave, Pennsylvania 19116, vaqti: 11:00-17:00);
– 1 – iyul kuni Brooklyn (manzil:16 Avenue О, Brooklyn, New York 11204, vaqti: 11:00-17:00);
– 1 – iyun kuni Burlingame (manzil: 1818 Gilbreth Rd, unit 228 Burlingame, California 94010, vaqti: 11:00-17:00).
Bundan tashqari, 28-iyun – 5-iyul kunlari soat 09:00 dan 18:00 gacha (dam olish va bayram kunlaru – soat 11:00 dan 17:00 gacha) Vashingtondagi Elchixona va Nyu-Yorkdagi Bosh konsulxona binosida ham muddatidan oldin ovoz berish imkoniyati yaratiladi.
Saylov kuni 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston fuqarolari ovoz berish huquqiga ega bo‘lib, ulardan saylov komissiyasiga o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xususan O‘zbekiston pasporti, ID kartasi, harbiy guvohnomasi yoki Vatanga qaytish guvohnomasini taqdim qilish so‘raladi.
Amerikada istiqomat qilayotgan barcha fuqarolarni o‘z konstitutsiyaviy huquqidan foydalanish uchun yuqorida ko‘rsatilgan saylov nuqtalaridan birida ovoz berishga chaqiramiz.

Ehtirom bilan,
O‘zbekistonning AQShdagi Elchixonasi va Nyu-Yorkdagi Bosh konsulxonsi
Tel: +202-251-8298, +212-754-7403, consul.washington@mfa.uz и info@uzbekconsulny.org

Published On: Iyun 26, 2023Views: 642