O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotish


QONUNCHILIKKA O‘ZGARTIRISHLAR KIRITILAYOTGANLIGI SABABLI FUQAROLIKNI YUQOTISG BO‘YICH HUJJATLAR VAQTINCHA QABUL QILINMAYDI

I. CHET ELDA VAQTINCHA YASHOVCHI (YA’NI, O‘ZBEKISTONDAGI DOIMIY RO‘YXATDA TURGAN – PROPISKADAN O‘CHIRILMAGAN YOKI SUD QARORI BILAN RO‘YXATDAN CHIQARILGAN) VA 2016 YIL 23 SENTYABRDAN KEYIN XORIJIY DAVLAT FUQAROLIGINI QABUL QILGAN SHAXSLARGA NISBATAN O‘ZBEKISTON FUQAROLIGINI YO‘QOTISH BO‘YICHA HUJJATLARNI RASMIYLASHTIRISH TARTIBI.

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik to‘g‘risidagi qonuni 25-moddasi 1-qismining «d» bandiga asosan, chet elda vaqtincha yashovchi va 2016 yil 23 sentyabrdan keyin xorijiy davlat fuqaroligini qabul qilgan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston fuqaroligini yo’qotilishi harakati qo‘llaniladi.

Mazkur band asosida O‘zbekiston fuqaroligini yo‘qotish bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish uchun arizachi Elchixona Konsullik bo‘limiga quyidagi hujjatlarni shaxsan taqdim qiladi (hujjatlar pochta xizmati orqali qabul qilinmaydi):

– fuqarolikni yo’qotilishi bo‘yicha xabarnoma, 3 nusxadaNAMUNASI SHU ERDA;

– tarjimai hol, 3 nusxadaNAMUNASI SHU ERDA;

– O‘zbekiston fuqarosi pasportining nusxasi (faqat 2- va 3 sahifalari, ya’ni – passport egasining biografik ma’lumotlari va surati joylashtirilgan titul varaq‘i, doimiy ro‘yxat – propiska muhri hamda O‘zbekiston IIBninig “DUNYONING BARCHA MAMLAKATLARIGA CHIQISH UCHUN” stiker – OVIR vizasi quyilgan sahifalaridan nusxa), 3 nusxada;

MUHIM: hujjatlar 2011 yilgi namunadagi va amal qilish muddati tugamagan biometrik pasport  yoki xorijga chiqish pasporti asosida qabul qilinadi (biometrik bulmagan pasport asosida hujjatlar qabul qilinmaydi).

– arizachining chet el pasportining titul varaq‘idan 3 ta nusxa (faqat passport egasining biografik ma’lumotlari va surati joylashtirilgan varaq‘i), xorijiy davlat fuqarosi pasporti mavjud bo‘lmasa, hujjatlar ko‘rib chiqilmaydi;

– xorijiy davlat fuqaroligini qabul qilganligini tasdiqlovchi guvohnoma nusxasi (Sertification of naturalization – AQSh fuqaroligini qabul qilganlar uchun va  Cerificate of Canadian Citizenship – AQSh fuqaroligini qabul qilganlar uchun) – 3 nusxada;

– xorijiy davlat fuqaroligini qabul qilganligini tasdiqlovchi guvohnomaning o‘zbek tiliga tarjimasi  – 3 nusxada, tarjimaning word file Namunasi shu erda;

– pasport uchun mo’ljallangan 4 dona surat;

– agarda, fuqaroning xorijiy pasportida uning familiyasi, ismi, ota ismi va tug‘ilgan sanasi o‘zgargan bo‘lsa, nikoh govohnoma va ushbu o‘zgarishlarni tasdiqlovchi xorijiy davlat sud qarori yoki vakolatli idora hujjatining asl va ksero nusxasi (apostil muhri quyilgan va o‘zbek tiliga tarjima qilingan bo‘lishi lozim) – 3 dona nusxasi.

– 130 AQSh dollari miqdoridagi konsullik yig’imi “Money Order” shaklida qabul qilinadi (pulni qabul qiluvchi – The Embassy of Uzbekistan in Washington DC);

Hujjatlar o‘zbek tiliga tarjima qilingan bo‘lishi, yuqorida ta’kidlangan tartibda va alohida 3 nusxada hamda Money Order va suratlar konvertda taqdim etilishi lozim.

(1) 2016 yil 23 sentyabrdan oldin xorijiy davlat fuqaroligini qabul qilgan; (2) 18 yoshga to‘lmagan farzandlari bilan birga fuqarolikdan chiqish istagi bo‘lgan; (3) 18 yoshga to‘lgan va O‘zbekiston fuqarolik pasportini olmagan shaxslardan O‘zbekiston fuqaroligini yo‘qotish bo‘yicha hujjatlar qabul qilinmaydi (ushbu toifadagi fuqarolar O‘zbekistondagi doimiy ro‘yxat (propiska)dan o‘tgan ichki ishlar idoralarida fuqarolikdan chiqish ho‘jjatlarini topshirishlari mumkin, agarda ularning o‘zbek pasportining muddati o‘tgan bo‘lsa, vatanga qaytish uchun elchixonadan O‘zbekistonga qaytish guvohnomasini olishlari lozim, uning tartibi ushbu saytda bor).

II. O‘ZBEKISTON VAKOLATLI IDORALARIDAN XORIJGA DOIMIY YASHASHGA RUXSAT OLIB (YA’NI – PASPORTIDA DOIMIY YASHASHGA KETISHGA RUXSAT BERILDI”, “DEPARTURE FOR PERMANENT RESIDENCE ABROAD IS AUTHORIZED” MUHRI QIYILGAN), CHET ELGA KO‘CHIB KETGAN VA 7 YIL DAVOMIDA UZRLI SABABLARSIZ KONSULLIK HISOBIGA TURMAGAN SHAXSLARGA NISBATAN O‘ZBEKISTON FUQAROLIGINI YO‘QOTISH BO‘YICHA HUJJATLARNI RASMIYLASHTIRISH TARTIBI.

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik to‘g‘risidagi qonuni 25-moddasi 1-qismining «b» bandiga asosan, chet elda doimiy yashash maqsadida xorijga ko‘chib ketgan va 7 yil davomida uzrli sabablarsiz konsullik hisobiga turmagan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston fuqaroligi yo’qotilishi harakati qo‘llaniladi.

Mazkur band asosida O‘zbekiston fuqaroligini yo‘qotish bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish uchun arizachi Elchixona Konsullik bo‘limiga quyidagi hujjatlarni shaxsan taqdim qiladi (hujjatlar pochta xizmati orqali qabul qilinmaydi):

– fuqarolikni yo’qotilishi bo‘yicha xabarnoma, 2 nusxada. NAMUNASI SHU ERDA;

– tarjimai hol, 2 nusxadaNAMUNASI SHU ERDA;

– O‘zbekiston fuqarosi pasportining nusxasi (faqat 2- va 3 sahifalari, ya’ni – passport egasining biografik ma’lumotlari va surati joylashtirilgan titul varaq‘i, doimiy ro‘yxat – propiska muhri hamda O‘zbekiston IIBninig “DOIMIY YASHASHGA KETISHGA RUXSAT BERILDI” stiker – OVIR vizasi quyilgan sahifalaridan nusxa), 2 nusxada;

MUHIM: hujjatlar 2011 yilgi namunadagi va amal qilish muddati tugamagan biometrik pasport  yoki xorijga chiqish pasporti asosida qabul qilinadi (biometrik bulmagan pasport asosida hujjatlar qabul qilinmaydi).

– arizachining chet el pasportining titul varaq‘idan 2 ta nusxa (faqat passport egasining biografik ma’lumotlari va surati joylashtirilgan varaq‘i), xorijiy davlat fuqarosi pasporti mavjud bo‘lmasa, hujjatlar ko‘rib chiqilmaydi;

– pasport uchun mo’ljallangan 2 dona surat;

– agarda, fuqaroning xorijiy pasportida uning familiyasi, ismi, ota ismi va tug‘ilgan sanasi o‘zgargan bo‘lsa, nikoh govohnoma va ushbu o‘zgarishlarni tasdiqlovchi xorijiy davlat sud qarori yoki vakolatli idora hujjatining asl va ksero nusxasi (apostil muhri quyilgan va o‘zbek tiliga tarjima qilingan bo‘lishi lozim) – asli va 2 dona ksero nusxasi.

– 130 AQSh dollari miqdoridagi konsullik yig’imi “Money Order” shaklida qabul qilinadi (pulni qabul qiluvchi – The Embassy of Uzbekistan in Washington DC);

Hujjatlar o‘zbek tiliga tarjima qilingan bo‘lishi, yuqorida ta’kidlangan tartibda va alohida 2 nusxada hamda Money Order va suratlar konvertda taqdim etilishi lozim.

ESLATMA:

(1) Fuqarolikni yo‘qotish jarayoni umumiy ravishda 1-2 yil davom etishi mumkin.

(2) O’zbekiston fuqaroligini yo‘qotish bo’yicha hujjatlarni topshirish uchun arizachi Elchixona Konsullik bo’limiga shaxsan murojaat qilishi lozim.

(3) Konsullik bo‘limiga tashrif byurmoqchi bo‘lgan fuqarolar avvaldan qabul kuni va vaqtini ushbu @consulwashington telegram kanali orqali belgilashi lozim.

Elchixona manzili: Consular Section of the Embassy of Uzbekistan to the USA, 1746 Massachusetts Avenue, N.W. Washington DC, Zip-20036.