“O‘zbekistonning Amerikadagi sadolari” mavzusida eng yaxshi fotosurat va rasm tanlovi
“O‘zbekistonning Amerikadagi sadolari” foto va rasm tanlovi boshlanganini mamnuniyat bilan e’lon qilamiz. Bu sizning ijodingizni namoyish etish va O’zbekistonning go’zalligi, merosi va madaniyatini o’ziga xos uslubingizda tasvirlash imkoniyatidir.
👨👩👧👧 Kimlar ishtirok etishi mumkin: AQShda yashovchi barcha Amerika fuqarolari va vatandoshlar o’z ijodlarini namoyish etishga chaqirib qolinadi.
📆 Tanlov muddati: Tanlov 2023-yil 25-avgustga qadar davom etadi.
✅ Baholash mezonlari: Fotosurat va rasmlar ijtimoiy tarmoqlardagi mashhurligi, xususan, Facebook platformasida olingan «Like»lar soniga qarab baholanadi. Nashrlaringizda elchixonaning rasmiy akkaunti @uzembassydc ni belgilashni unutmang, shunda ular baholashda hisobga olinadi. Twitter va Instagram kabi boshqa ijtimoiy media platformalarida e’lon qilish ham mamnuniyat bilan qabul qilinadi.
🏆 Sovrinlar: Tanlangan ishlar munosib baholanadi va onlayn galereyada, shuningdek, O‘zbekiston mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan Kongress kutubxonasida tashkil etiladigan ko‘rgazmada taqdim etiladi. Eng ko‘p «Like» to‘plagan fotosurat va rasm muallifi O‘zbekistonga sayohatga ega bo‘ladi.
Sizning ajoyib ishingizni kutib qolamiz!