EMBASSY OF UZBEKISTAN TO THE UNITED STATES
PRESS OF UZBEKISTAN
2018
2017
2016
2015

 
PRESS OF UZBEKISTAN
January 18, 2018
AQSH DAVLAT KOTIBI O‘RINBOSARI BILAN UCHRASHUV
2018-yilning 17-yanvar kuni Vashington shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov AQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Tomas Shennon bilan uchrashdi.

Suhbat davomida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va AQSh Prezidenti Donald Trampning 2017-yil 19-dekabrdagi telefon orqali batafsil muloqoti davomida ma’lum qilingan maqsadlarni amaliy joriy etish doirasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda O‘zbekiston-AQSh muloqotini yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda ikki tomonlama kun tartibning boshqa dolzarb masalalari ham muhokama qilindi.

(Manba: O‘zbekiston Respublikasi TIV Matbuot xizmati)


Back

   Back to the top    Print version   
© 2004, Embassy of Uzbekistan to the United States.
All Rights Reserved.
 Design.uz Studio
Design.uz Studio
Site Development