EMBASSY OF UZBEKISTAN TO THE UNITED STATES
PRESS OF UZBEKISTAN
2018
2017
2016
2015

 
PRESS OF UZBEKISTAN
January 10, 2018
SMITSON INSTITUTI VAKILLARINING O‘ZBEKISTONGA TASHRIFIGA OID
2018-yilning 7-yanvar kuni dunyoga mashhur Smitson institutining (AQSh) mutaxassislari delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Tashrifning maqsadi ko‘ra mamlakatimizning madaniy-sivilizatsiya merosini o‘rganish va ilmiy turizmni rivojlantirish bo‘yicha loyihani amalga oshirish muhokama qilinadi.

O‘zbekistonning Vashingtondagi Elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh instituti mutaxassislari tomonidan 15-yanvarga qadar O‘zbekistonda madaniyat, iqtisodiyot va Tashqi ishlar vazirliklari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Xususiy sayyohlik tashkilotlari Assotsiatsiyasi, muzeylar va ta‘lim muassasalarida bir qator uchrashuvlar o‘tkaziladi. Uchrashuvlar davomida respublikamizning turizm salohiyati va sohani yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilmoqda.

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) tomonidan moliyalashtirilayotgan loyiha Toshkent va Xiva shaharlarida tadqiqotlar olib borishni nazarda tutgan bo‘lib, tadqiqotlar natijasida ushbu shaharlarda turizmni yanada rivojlantirishga qaratilgan baholar va tavsiyalar bilan institutning hisobotlari tayyorlanadi.

Smitson instituti ta‘lim va ilmiy-tadqiqot tuzilmalari tizimini o‘zida mujassamlashtiradi. Institutning muzey kompleksi eksponatlar, muzey boyliklari va artefaktlarning dunyodagi eng katta ommbori hisoblanadi. Institut tarkibiga kiruvchi 19 ta muzeylar, 9 ta ilmiy-tadqiqot markazlari, hayvonot bog‘i va 45 ta AQSh shtatlari, Puerto-Riko va Panamada Smitson instituti fliallari xisoblanadigan 200dan ortiq muzey va muassasalar mavjud. Ulardan 10 ta muzeylar Vashingtondagi Milliy yodgorliklar va muzeylar kompleksida joylashgan.

Institut O‘zbekistonning muzeylari va kutubxonalari bilan yaqin aloqalarga ega. 2011-yildan beri Institut mutaxassislari va tadqiqotchilarning respublikamiz bo‘yicha bir qator tashriflari bo‘lib o‘tdi. Tashriflar davomida san’at, arxitektura va qadimiy qo‘lyozmalarni saqlash va tiklash bo‘yicha maslahatlar va ma’ruzalar o‘tkazildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Smitson institutining muzeylari omborlarida O‘zbekistonning madaniyati va sivilizatsiyasi merosi bilan bog‘liq 1500dan ortiq artefaktlar va eksponatlar mavjud. Ushbu obyektlar muntazam ravishda institutning Osiyo san’ati muzeylarida namoyish etiladi.

(Manba: O‘zbekiston Respublikasi TIV Matbuot xizmati)


Back

   Back to the top    Print version   
© 2004, Embassy of Uzbekistan to the United States.
All Rights Reserved.
 Design.uz Studio
Design.uz Studio
Site Development