EMBASSY OF UZBEKISTAN TO THE UNITED STATES
PRESS OF UZBEKISTAN
2018
2017
2016
2015

 
PRESS OF UZBEKISTAN
January 10, 2018
O‘ZBEKISTON YOSHLARI UMUMJAHON ASSOTSIATSIYASI TASHKIL ETILDI
Adliya vazirligi «O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi» nodavlat notijorat tashkilotini ro‘yxatga oldi.

Uyushmani tashkil etish zarurligi to‘g‘risida Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘zining parlamentga murojaatnomasida ta’kidlagan edi.

«Mana, bugungi kunda qancha-qancha yoshlarimiz chet ellarda ta’lim olmoqda, mehnat qilmoqda. Albatta, ularning orasida o‘z yo‘lini topib, begona yurtda hech kimdan kam bo‘lmay yashayotganlari ham ko‘p. Lekin Vatan sog‘inchi har qanday odamni ham qiynaydi. Shuning uchun ular bilan doimiy aloqa o‘rnatish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, yurtimizga qaytish istagida bo‘lganlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlarni kuchaytirishimiz zarur», — degan edi davlat rahbari.

Assotsiatsiyaning asosiy maqsad va vazifalari O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan va xorijiy mamlakatlarda o‘qiyotgan hamda mehnat qilayotgan yoshlar bilan ish olib borish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, shuningdek, ularning jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashishdan iborat.

(Manba: gazeta.uz)


Back

   Back to the top    Print version   
© 2004, Embassy of Uzbekistan to the United States.
All Rights Reserved.
 Design.uz Studio
Design.uz Studio
Site Development