EMBASSY OF UZBEKISTAN TO THE UNITED STATES
NEWS AND EVENTS
2018
2017
2016
2015
2014
2013
2012
2011
2010
2009
2008
2007
2006
2005
2004

 
NEWS AND EVENTS
January 10, 2018
PREZIDENT YANGILANGAN MUDOFAA DOKTRINASINI IMZOLADI
Mamlakat harbiy tuzilmasini rivojlantirish vazifalari va yo‘nalishlariga qarab Mudofaa doktrinasining ayrim qoidalariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlik kiritilishi va to‘ldirilishi mumkin.

2017-2021-yillar uchun belgilangan Harakatlar strategiyasi dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida joriy yilning 9-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa doktrinasi to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar beradi.

Mudofaa doktrinasi ochiq xususiyatga ega bo‘lib, shunga o‘xshash konseptual hujjatlar qabul qilish borasidagi chet el tajribasiga mos keladi. Hujjat O‘zbekiston tashqi siyosatining ochiqligi, yaqin qo‘shnilar bilan amaliy munosabatlarni rivojlantirish ustunligini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining yangilangan mudofaa doktrinasi orqali mamlakat mudofaa siyosatining shaffofligini ta’minlash nazarda tutilgan. Xavfsizlik va mudofaa sohasida boshqa chet davlatlar bilan samarali harbiy-siyosiy munosabatlar va hamkorlik qilish uchun tashkiliy-huquqiy sharoitlar yaratildi.

(Manba: kun.uz)


Back

   Back to the top    Print version   
© 2004, Embassy of Uzbekistan to the United States.
All Rights Reserved.
 Design.uz Studio
Design.uz Studio
Site Development